Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.07.2016

O‘zbekiston avtosanoatining kechasi, buguni va ertasi (Infografika)

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 622
O‘zbekiston avtosanoatining kechasi, buguni va ertasi (Infografika)

Sputniknews-uz.com‘ning yozishicha, 1991 yilda O‘zbekiston Mustaqillikka erishganidan keyin o‘z rivojlanish yo‘lini qidira boshladi. 1992 yilda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Janubiy Koreyaga bo‘lgan safari vaqtida Daewoo guruhi zavodlaridan biriga tashrif buyurdi va yangi paydo bo‘lgan korxonaning muvaffaqiyatlaridan xabar topdi. Keyin O‘zbekiston hukumati va Deu kontserni orasida asosiy shartnoma tuzildi.

Zavodni respublikaning aholi eng zich yashaydigan hududlaridan biri bo‘lgan Andijon viloyatida, sobiq traktor pritseplari zavodi o‘rniga qurishga qaror qilindi.

1994 yilning iyunida Asakada yangi zavod qurilishi boshlandi. Zavodning birinchi mahsuloti, Damas miniveni 1996 yilning 19 iyulida konveerdan chiqa boshladi. Shakli o‘xshash bo‘lgani uchun xalqda unga darhol “buxanka” deb nom berishi. Ushbu avtomobil hozirga qadar xalqning eng sevimli avtomobillaridan biri bo‘ldi.

1996 yilning iyunidan boshlab Tico va Nexia avtomobillari ishlab chiqarila boshladi. Tez orada ushbu avtomobillarning har biri xaridorlar orasida ommaviylashib ketdi.

Keyingi yillar davomida Nexia avtomobili bir necha bor yangilandi va ushbu avtomobilga  bugungi kunga qadar talab katta.

2001 yilning avgustida Matiz va yangilangan Nexia ishlab chiqarilib Rossiya va Qozog‘iston bozorlariga eksport qilina boshladi. Narxi arzon, sifatli jamlangan va ekspluatatsiyada qimmat bo‘lmagan avtomobillari o‘sha yillarda MDH aholisiga ayni muddao edi. Shuning uchun ham O‘zbekiston avtomobillari Rossiyada tez orada xalq ishonchiga ega bo‘ldi va o‘z xaridorini topdi.

2003 yilda Matiz Rossiyada “Yilning eng yaxshi avtomobili” deb topildi. Shuni aytish lozimki, Matiz hozirgacha Rossiyada kichik avtomobillar orasida eng ko‘p sotiladigani hisoblanadi.

2008 yilda O‘zbekiston avtomobil sanoati General Motors bilan hamkorlik qila boshladi. Ishlab chiqarilayotgan modellar safiga yangi Spark, Tacuma, Epica i Captiva va boshqalar qo‘shildi. Avtomobillarga zamonaviy Euro 3 dvigatellari o‘rnatildi. Matiz o‘rniga Spark ishlab chiqarila boshladi.

2012 yilda O‘zbekiston avtosanoati Katta sedan Malibu va o‘rtacha oilaviy avtomobil Cobalt ishlab chiqara boshladi. Bugungi kunda avtomobil 10 ta zamonaviy model ishlab chiqarmoqda. Jumladan avtomobillarga zavodda gaz-ballon uskunasi o‘rnatish ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Engil avtomobillardan tashqari O‘zbekistonda  Yaponiyaning Isuzu va Germaniyaning MAN korxonalari bilan birgalikda tashkil qilingan qo‘shma korxonalarda avtobuslar, yuk mashinalari turli maxsus texnikalar ishlab chiqarish yo‘lga  qo‘yilgan.

Ma’lumki avtomobil sanoati ishlab chiqarishning ko‘plab sohalarini o‘zi bilan birga oldinga suruvchi “lokomotiv”i hisoblanadi. O‘zbekistonda ham ushbu fikr o‘z tasdig‘ini topdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 250 dan ortiq kichik va o‘rta korxonalar avtomobillar uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarmoqda. Bu albatta mamlakat iqtisodiga o‘zining sezilarli hissasini qo‘shmoqda.

O‘zbekiston avtosanoatining kechasi, buguni va ertasi (Infografika)

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar