Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.07.2016

Videoregistrator xarid qiluvchilarga maslahatlar

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 447
Videoregistrator xarid qiluvchilarga maslahatlar

Shunday qilib, haydovchi do‘stim, videoregistrator tanlashga qaror qildingiz. Ko‘plab ajnabiy brendlar va ularning tushunarsiz parametrlari sizni ikkilantirmoqda. Do‘stingizga maslahat soling, ishlatib ko‘rganlardan surishtiring. Ularning masalahati sizni qoniqtirmasa, sizning masalahatchingiz – carzone.uz saytidir. Avtomaslahatimizda bu gal videoregistratorlarning qanday jihatlariga e’tibor berish, ularning afzalliklari mavzuiga batafsil to‘xtalamiz. Qurilma xususiyatlarining muhimlik darajasi maqolamizning yuqorisidan pastiga qarab kamayib boradi.

Tasvir sifati

Qancha tiniq tasvirga olsa, shuncha yaxshi. Videoyozuv sifati quyidagi parametrlarga bog‘liq:

Tasvir sig‘imi (razreshenie, resolution). Videoregistratorda bu ko‘rsatkich 1920×1080dan kam bo‘lsa, olmang. Ayrim videoregistratorlar yuqori sig‘imda tasvirga olishga qodir, biroq xotira hajmini tejab tasvirni siqadi. Bunday tasvirga qarab kerakli detallarni ko‘rish qiyin bo‘ladi. Full HD sig‘imi haqiqiy bo‘lishiga e’tibor bering. Ya’ni qurilmaning matritsasi tasvirni qo‘llasin, kam sonli nuqtalardan sun’iy tasvir yaratmasin. Boshqa parametrlari joyida bo‘lganida qancha matritsa katta bo‘lsa, tasvir shuncha tiniq bo‘ladi.

Videoregistrator xarid qiluvchilarga maslahatlar

Linza sifati. Garchi yaxshigina plastik linzalar uchrab tursa-da, shisha linzali ob’ektivlarga etmaydi. Plastik linza mexanik ta’sir oqibatida optik xususiyatlarini yo‘qotadi. Ob’ektivning nur o‘tkazish darajasi va kadr chetidagi tasvir qiyshaymasligining ahamiyati katta. Darvoqe, mashhur brend linzasi chetida tamg‘a tushirilgan bo‘ladi. Bundan tashqari ob’ektivning ko‘rish burchagiga e’tibor qaratish lozim. Ko‘rish burchagi juda tor bo‘lsa (100 gradusdan kichik) kadr ma’lumoti juda kam bo‘ladi. Bordi-yu, burchak juda katta bo‘lsa (130 gradusdan ortiq) tasvir buziladi va aniqligi pasayadi.

Matritsa sifati va protsessor quvvati. Registrator yuqori chastotada kadr uzata olishi zarurdir (bir soniyada 30 kadr maqsadga muvofiq). Tasvirda rangli nuqtachalar, yo‘l-yo‘l chiziq va boshqa dog‘lar aks etmasligi kerak. Matritsa sifatini xira yorug‘likda, turli-tuman detallar manzarasida sinab ko‘rishni tavsiya etamiz, chunki shundagina kamchiligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Tungi s’yomka sifati

Videoregistrator xarid qiluvchilarga maslahatlar

Tungi s’yomka sifati, asosan, yuqorida ta’riflangan kattaliklarga bog‘liq, ammo ba’zida bulutli havoda ham yaxshi tasvirga oluvchi, biroq tungi tasvir olishga ojiz videoregistrator rusumlari uchrab turadi. Tungi tasvir sifatini oshirish uchun qurilmada matritsa sezgirligini oshiruvchi tungi rejim, infraqizil yoki oddiy diod chiroqchalari qo‘llanadi. Ammo ularning hech biri tasvir sifatini kafolatlamaydi. Tasvir sifatini oshirish uchun yorug‘ optika va sezgirligi yuqori matritsadan foydalanish darkor. Tungi rejimda kadrning yaxshi yoritilgan va yoritilmagan qismlaridagi farqqa moslashish parametri muhim o‘rin tutadi. Masalan, kunduzi tonnelga kirganda va chiqqanda videoregistratorning “ko‘zi qamashib” qolishi xavfi bor. Tekshirib ko‘rish uchun tanlagan qurilmangizni qo‘lingizda tutib nimqorong‘udan yorug‘likka chiqing – yoritilganlikka moslashish qobiliyatini ko‘rasiz.

Korpusining tuzilishi, mahkamlagichi va quvvatlash usuli

Videoregistrator xarid qiluvchilarga maslahatlar

Videoregistrator korpusi quyidagi turlarda bo‘ladi:

Yakka blokli. Eng ko‘p tarqalgan turi. Videoregistratorning bitta kamerasi bor, boshqa tomonida ekran joylashgan. Wi-Fi yordamida tasvirni smartfonga uzatish funktsiyasi bo‘lishi mumkin. O‘lchami va ekran sig‘imi o‘rtacha, videoyozuv statsionar qurilmada tomosha qilishga mo‘ljallangan. Odatda, registratorlarning ekrani birrov tomosha qilish uchun mo‘ljallangandir.

Bo‘g‘imli shaklda biriktiriladigan yoki buriluvchi kamerali. Sharnirli biriktirilgan korpusning qismlarini burib kuzatish burchagini o‘zgartirsa bo‘ladi, hattoki ob’ektiv ko‘zchasini tegishli yo‘nalishda sozlash mumkin. Bunday videoregistrator universaldir, ammo qimmat, qolaversa, qurilmani hadeb burayversa, ulash shleyfi ishqalanib ketishi mumkin.

Orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgu ko‘rinishidagi. Bunday dizayn ko‘z oldida ortiqcha tasvirni istamaydigan, minimalizmga intilgan haydovchilar uchun maqbuldir. Qolaversa, ko‘zgu-videoregistratorni har gal o‘rnatish va olish shart emas, o‘g‘rilar ham payqamaydi. Tasvirni ko‘rsatadigan ekran ko‘zgu sirtiga o‘xshaydi. Ko‘plab afzalliklariga qaramay, bunday qurilmani savdodan uchratish qiyin, qolaversa, narxi yuqoridir.

Mahkamlash va tokka ulash. Videoregistratorni kuniga kamida bir martadan o‘rnatib-olishingizga to‘g‘ri keladi, shuning uchun bu amal oddiy va oson bo‘lishi lozim. Mahkamlashning keng tarqalgan yo‘li kronshteynni so‘rg‘ich yoki so‘rg‘ichlar tizimiga mahkamlashdir. Ko‘pincha, sharnirli kronshteyn yoki egiluvchi ustunchali qurilma o‘rnatiladi. Oyoqchasi qimirlamaydigan qurilmaning moduli yoki korpusining qismini burish orqali kuzatish burchagi rostlanadi. So‘rg‘ichli videoregistratorni tanlayotib, kronshteynining buriluvchi bo‘g‘imlari ko‘pligiga diqqat qiling, chunki unda ko‘rish burchagini rostlovchi qism bo‘lsa-da, sharnir yaxshi surilmasligi mumkin. Har kuni o‘rnatiladigan registratorlarning tuzilishiga ko‘ra ikki xili bor: so‘rg‘ichi bilan to‘la o‘rnatiladigani va doimiy mahkamlangan so‘rg‘ich kronshteynidagi lo‘kidonga o‘rnatiladigani. Birinchisining afzalligi olib qo‘yilganida ortiqcha moslama qoldirmasligi va haydovchi e’tiborini chalg‘itmasligidir, ammo turli joylarga o‘rnatilaversa so‘rg‘ichning dumaloq izlari qoladi, uni salfetka bilan artish kerak. Ikkinchisidan registratorni olib qo‘ysa bo‘ladi, ammo ba’zida lo‘kidonga qurilmani o‘rnatish qiyin kechadi, hatto registrator o‘rnatilmagan holatda ham o‘g‘rilar e’tiborini tortadi.

Videoregistrator xarid qiluvchilarga maslahatlar

Agar so‘rg‘ich turi sizni qoniqtirmasa, registratorni mahkamlashning ixchamroq va oddiyroq yo‘li bor. Bu ikki taraflama o‘ta yopishqoq skotchdagi klipsdir. U mashina oynasiga yopishtiriladi, registrator esa har safar klipsga mahkamlanadi va kuzatish burchagi sozlab qo‘yiladi.

Registrator tanlashda tok o‘tkazgich simiga e’tibor qarating – u salonda osilib yotmasligi, keskin bukilmasligi va xalaqit bermasligi kerak. Shtekerdan sim to‘g‘ri va G-simon tarzda chiqadi. G-simon shakldagisi qulayroqdir, chunki kam joy egallaydi.

Videoregistrator xarid qiluvchilarga maslahatlar

Qo‘shimcha funktsiyalari

GPS/GLONASS datchigi. Sun’iy yo‘ldosh bilan ma’lumot almashadi hamda mashinaning geojoylashuvi va tezligi ma’lumotlarini oladi. Ayrim registratorlar tezlikni nazorat qilishi va signal berishi mumkin.

Yozishdan himoya. Davriy qayta yozish vaqtida tegishli tugma bosilganda so‘nggi saqlangan videolavhani “daxlsiz”ga aylantiradi. Agar videoregistratorda tezlanish datchigi (g-sensor yoki akselerometr) bo‘lsa, faollashtirilishi bilan yozishdan himoyalanish funktsiyasi ishga tushadi.

Kadrdagi harakat datchigi. Elektronika kadrdagi harakatni aniqlaganida qurilma yoza boshlaydi. Mashinaning oldini devorga taqab qo‘yganingizda foyda berishi mumkin, ammo ishning qizig‘i orqa tomonida ro‘y beradi, shunday emasmi



Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar