Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.07.2016

Ford zavodidagi “yordamchi robot”ni tomosha qiling

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 125
Ford zavodidagi “yordamchi robot”ni tomosha qiling

Ford zavodidagi assistent-robot avtomobil yig‘uvchilarga kundalik ishlarni bajarishda ko‘maklashadi.

Ford va nemislarning KUKA Roboter GmbH kompaniyasi hamkorlikda odamsimon manipulyator yaratdi. Uni Ko‘lndagi zavodning yig‘uv liniyasida sinovdan o‘tkazmoqda. Sinovda bo‘yi bir metrcha bo‘lgan ikkita robot ishtirok etyapti.

Robot inson qo‘l harakatini aynan takrorlay oladi. Masalan, qahva quya oladi. Biror-bir detalni tegishli joyga etkazib tutib turishi mumkin, qolgan ishni jonli xizmatchi tugallaydi. Hozirgi vaqtda elektron yordamchi Fiesta avtomobiliga amortizator o‘rnatishga yordamlashmoqda.

Robot turli “panja”lar bilan ishlay oladi: “kaft”dan tortib maxsus tutqichgacha o‘rnatish mumkin. Robotlar yig‘uv maydonchasidan jilmaydi, sensorlari vositasida inson qo‘l harakatini “anglab”, yordamlashadi.

“Robotlar ishni oson tarzda bajarishga yordamlashadi. Ular o‘z qobiliyati bilan xodimlarimiz safini to‘ldiradi hamda ishlab chiqarish va Ford rusumlarini yasashda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi”, dedi “Ford”ning Evropadagi operatsion bo‘limi direktori Karl Anton.

Kelajakda elektron yordamchilar soni “Ford” zavodlarida yanada oshiriladi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar