Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.07.2016

Shveytsariyalik mototsiklchi er yuzini 119 kunda aylanib chiqdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 106
Shveytsariyalik mototsiklchi er yuzini 119 kunda aylanib chiqdi

Grizli (qo‘ng‘ir ayiq) nomini olgan mashhur sayohatchi Urs Pedrayta Victory Cross Country rusumli mototsiklida er yuzining aholi yashovchi barcha qit’asini 119 kun 21 soatda aylanib chiqib avvalgi rekordni yangiladi. Oldingi rekordchi Nik Sanders er yuzini aylanishga 120 kunu 2 soat sarflagan. Aytib o‘tish kerakki, Sanders mototsiklida qit’adan qit’aga o‘tish vaqtini chiqarib tashlagan, Urs Pedrayta esa o‘tish vaqtini ham sayohat muddatiga qo‘shdi.

Rekordchi sayohat davomida “qo‘l qovushtirib o‘tirib o‘tkazadigan vaqtini ham umumiy vaqtga qo‘shish adolatliroq bo‘lishi”ni aytib o‘tdi. “Bunday sayohatda to‘xtalishga o‘rin yo‘q”, dedi Pedrayta.

Urs Pedraytaning motosafari 12 mart kuni Florida shtatidan boshlandi. U janubi-g‘arbga yo‘l oldi. Yo‘lak kabi uzun davlat Chili chegarachilarining sustligi tufayli tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgancha Avstraliyaga otlandi va bir haftaga bormay yashil qit’ani ham kezib chiqdi.

So‘ng samolyotda Afrikaga etib oldi, qora qit’aning janubidan kirib shimolidan chiqqan mototsiklchi Misrdan Evropaga o‘tdi. “Qo‘ng‘ir ayiq” Rossiyaning Sankt-Peterburg, Moskva, Novosibirsk, Chita va Vladivostokigacha borib, janubi-sharqiy Osiyoni ko‘rdi. Keyin Singapurdan yana Alyaskaga uchdi.

Mototsiklchi yo‘lining 1400 kmli bir qismini atigi 9 kunda bosib o‘tdi. Rekordchining umumiy bosib o‘tgan yo‘li 80 ming kmni tashkil qiladi. Aytgancha, Jyul Vern qahramoni kapitan Nemo ham suv ostida xuddi shuncha yo‘l bosib o‘tgan.

Shveytsariyalik mototsiklchi er yuzini 119 kunda aylanib chiqdi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar