Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.07.2016

Yaponlar Mazda 3ni yangiladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 106
Yaponlar Mazda 3ni yangiladi

Yaponlarning taniqli Mazda 3 avtorusumi takomillashtirildi. Yangilangan avtomobilning asosiy xususiyati G-Vectoring Control (GVC) — tyagasini vektorli boshqaruv tizimidir. Bu tizim rul holatiga qarab etakchi g‘ildiraklar tyagasini me’yorlashtirish imkonini beradi.

Yaponlar Mazda 3ni yangiladi

GVC tizimi avtomobil tezligi va rul chambaragi holati haqida har 5 millisoniyada ma’lumot to‘playdi. Vaziyatga qarab elektronika old o‘qqa aylantiruvchi moment uzatilishini kamaytiradi (burilishda 30 N∙mgacha, to‘g‘ri yo‘lda 10 N∙mgacha). Bunday tizim o‘rnatilgan avtomobil turlicha yo‘llarda, xususan, sirpanchiq yo‘lda barqaror yuradi.

Yaponlar Mazda 3ni yangiladi

Tashqi ko‘rinishi unchalik o‘zgarmadi. Radiator panjarasi biroz boshqacha, emblema bir necha smga pastladi. Fara va bamper, tumanga qarshi va burilish chiroqlarining barchasi yangilandi. Orqani ko‘rsatuvchi ko‘zguda burilish signalini takrorlovchi paydo bo‘ldi. Avtomobilning orqa qismida esa chiroqlar va bamper qisman o‘zgardi.

Yaponlar Mazda 3ni yangiladi

Yangilangan Mazda 3 salonida yangicha rul chambaragini, to‘xtash tormozining tortqisi o‘rniga tugmani ko‘rish mumkin. Bundan tashqari o‘rindiqlar holatini yodda saqlab qolish va rostlash funktsiyasi mavjud. Proektsion displey va to‘qnashuvni bartaraf etish tizimi zamonaviylashtirildi.

Takomillashtirilgan Mazda 3 Evropada 2017 yil oxirigacha savdoga chiqadi. Avtomobil uch benzinli va ikki dizel dvigatelli turda sotiladi. Benzinli motorlar: 1,5 litr (110 ot kuchi), 2 litr (120 o.k.) va 2 litr (165 o.k.); dizelli motorlar esa 1,5 (105 o.k.) va 2,2 litrli (150 o.k.) versiyalarda ishlab chiqariladi. Motorlar 6 pog‘onali mexanik va avtomatik qutilar bilan ishlaydi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Mazda

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar