Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.07.2016

Avtokompaniyalar reklamaga qancha pul sarflashi aniqlandi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 138
Avtokompaniyalar reklamaga qancha pul sarflashi aniqlandi

Global Equities Research agentligining mutaxassislari avtokompaniyalar o‘z mahsulotini ommalashtirish va piar uchun qancha pul sarflashini baholadi. Tahlilchilar har bir sotilgan avtorusum reklamasiga qancha pul ketganini hisoblab chiqdi.

Taxmin qilinganidek shohona brendlar reklamasi pulni girdobdek yutishi ma’lum bo‘ldi. Bu borada Jaguar kompaniyasi bilan bellashadigani yo‘q – har bir sotilgan avtomobilning reklamasiga 3325 dollardan sarflangan. Ikkinchi o‘rinda Ford Motor bo‘lib, bitta Lincolnni sotishga 2550 dollar chiqim qiladi. Keyingi o‘rinlarni Fiat (2158 dollar), Lexus (1168 dollar) va Cadillac (1163 dollar) kompaniyalari egalladi.

Porsche, Honda va Toyotalar reklamaga 240-270 dollar oralig‘ida mablag‘ sarflaydi, ular ro‘yxatning eng pastki qismida.

Ajablanarli tomoni Tesla bu borada o‘ta qurumsoqligi ma’lum bo‘ldi. Darvoqe, uning mahsulotlariga reklamaning balki zarurati yo‘qdir? Elon Mask kompaniyasi har bir rusum uchun reklamaga 6 dollardan sarflar ekan. Bu yaguarchilarning chiqimidan 554, toyotachilarnikidan 41 barobar kamdir.

Reklama borasida “Tesla”ning o‘ta kamxarajatligi kishini hayratga soladi. Biroq o‘n yil davomida bu kompaniya oddiy odamlarning ongida elektromobillarga munosabatda inqilob qildi deyish mumkin. Chunki “Tesla”ga qadar omma elektromobilni sekin, noqulay va qimmat transport deb bilardi.

Global Equities Research tahlilchisi Trip Choudxri “Tesla”ning reklamaga kam pul sarflashi raqobatchilaridan benihoya ustunligini ta’minlashini qayd etdi. Chunki juda katta miqdordagi tejalgan mablag‘ yonga qoladi.

Har bir sotilgan avtomobilning reklamasi uchun sarflangan mablag‘ jadvali (qisqartirib olindi)



2015 yildagi o‘rni



Kompaniya



Bosh boshqarma



Bir mashinaga sarflangan pul ($)











1



Jaguar — tata Motors



Mumbai, Indiya



3 325







2



Lincoln (Ford Motor Co.)



Dirborn,  AQSh



2 550







3



Fiat (Fiat Chrysler Automobile)



Turin, Italiya/ Obern-Xils, AQSh



2 158







4



Lexus (Toyota Motor Corp)



Toyota, Yaponiya



1 168







5



Cadillac (General Motors)



Detroyt, AQSh



1 163















5



Smart (Daimler)



Shtutgart, Germaniya



290







4



Porsche (Volkswagen)



Shtutgart, Germaniya



267







3



Honda (Honda Motor Company)



Tokio, Yaponiya



258







2



Toyota (Toyota Motor Corp)



Tokio, Yaponiya



248







1



Tesla



Frimont, AQSh



6





Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar