Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.07.2016

IIV: YHXB xodimlari qoidabuzarlik uchun avtomobil raqamini echib olish huquqiga ega

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 426
IIV: YHXB xodimlari qoidabuzarlik uchun avtomobil raqamini echib olish huquqiga ega

Keyingi vaqtda o‘zbekistonlik avtoulov egalari orasida YHXB xodimlari tomonidan ruxsat berilmagan joylarga parkovka qilingan avtomobillardan raqamlar echib olinayotgani eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi, deb Sputniknews-uz.com yozmoqda.

 Haydovchilar orasida kimdir YHXB xodimlari bunday qilishga haqli emasligini aytib, ishontirishga urinsa, boshqalar bu fikrga qarshi chiqmoqda.

«Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Zoir Saydialievning Sputniknews-uz.com saytiga aytishicha, haqiqatan, bugungi kunda avtomobillarning ta’qiqlangan joylarda parkovka qilinishi kunning eng dolzarb mavzularidan biriga aylangan». Ayniqsa, shahar markazida bu holat sodir bo‘lishi, katta muammoga aylanib, oddiy haydovchilar uchun harakatlanishda qiyinchiliklarni va, hatto, avtohalokatlarni  yuzaga keltirmoqda.

«Inspektorlar noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillardan raqamlarni echib olish huquqiga ega emas, deb o‘ylaydiganlar yanglishadi. Bugungi kunda ish sxemasi quyidagicha — agar belgilangan qoidalarga zid ravishda parkovka qilingan avtomobil aniqlansa, inspektor guvoh topib, bu huquqbuzarlikni qog‘ozda tasdiqlashi mumkin. Shundan so‘ng, inspektor, avtomobildan raqamni echib olib, hatto evakuator chaqirib, uni jarima maydonchasiga yuborishi mumkin», — deb ta’kidladi Zoir Saydialiev.

Suhbatdosh, shuningdek, avtomobil evakuatsiyasi, uning jarima maydoniga joylashtirilishi bilan bog‘liq  sarf-harajatlar avtomobil egasi zimmasida bo‘lishini eslatib o‘tgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar