Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.07.2016

“Gugl-kar” velosipedchilarning ishoralarini tushunishni o‘rgandi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 96
“Gugl-kar” velosipedchilarning ishoralarini tushunishni o‘rgandi

Hozirgi vaqtda AQShning umumiy foydalanuvdagi yo‘llari va sinov poligonlarida tajribadan o‘tkazilayotgan Google’ning haydovchisiz avtomobili velosipedchilarni tanish, shuningdek, ular u yoki bu tomonga burilayotgan ishlatadigan ishoralarni tushunish imkonini beruvchi yangi dasturiy ta’minotga ega bo‘ldi. Bu haqda Google’ning oylik hisobotida so‘z boradi.

360 darajali “ko‘rish qobiliyati”ga ega “gugl-kar” nafaqat velosipedchilarni, balki bir g‘ildirakli velosipedda ketayotganlarni ham ko‘ra oladi. Kompaniyaning qayd etishicha, “gugl-kar” velosipedchilarga nisbatan haydovchilardan ko‘ra muloyimroq munosabatda bo‘la oladi.

Sun’iy idrok shunday ishlib chiqilyaptiki, mashina velosipedchining nogahoniy, ogohlantirmasdan burilishlariga ham tayyor turadi. Avtomobil o‘z tezligini kamaytirib, velosipedchining xavfsiz burilib olishiga imkon beradi.

Bundan tashqari, Google’ning haydovchisiz avtomobili yo‘l yoqasida qoldirilgan mashinaning eshigi ochilayotganini va bu holat oldinda borayotgan velosipedchi bilan yo‘l-transport hodisasi kelib chiqishiga sabab bo‘lishini “sezib qolsa”, o‘z tezligini pasaytirib, velosipedchining bemalol o‘tib ketishi uchun joy ochib beradi.

Amerika kompaniyasining yangi hisobotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda AQSh yo‘llarida Google avtopiloti bilan ta’minlangan 24 ta Lexus RX450h krossoveri, shuningdek, Google’ning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan ixcham xetchbekning 34 ta prototipi sinov tariqasida harakatlanmoqda.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar