Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.07.2016

“Akura” karbon kuzovli NSX superkarini namoyish etdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 165
“Akura” karbon kuzovli NSX superkarini namoyish etdi

Acura kompaniyasi kuzovi to‘liq karbonli va bo‘yalmagan NSX GT3 poyga kupesining suratlarini e’lon qildi. Avtomobilning taqdimoti 2016 yil martida Nyu-Yorkdagi motorshouda bo‘lib o‘tgan edi.

Hozirgi vaqtda Acura poygaga mo‘ljallangan NSX modeli ustidagi ishlarni AQShdagi Honda Performance Development avtosport bo‘linmasi bilan hamkorlikda davom ettirmoqda. Avtomobil AQSh, Evropa va Yaponiyada sinovdan o‘tkazilmoqda. Mashina kuz oxirida tayyor holga kelishi aytilmoqda. U 2017 yilda Shimoliy Amerikadagi kuzovli poyga chempionatlarida qatnashishi mumkin bo‘ladi.

“Akura” karbon kuzovli NSX superkarini namoyish etdi

NSX’ning oddiy, fuqarolar uchun chiqariladigan versiyasiga gibrid dvigatel o‘rnatiladi, poygachilar uchun mo‘ljallangan varianti esa hajmi 3,5 litrli, tsilindrlari soni oltita bo‘lgan tvin-turbo va olti bosqichli sekvental tezlik uzatmalar qutisi bilan ta’minlanadi.

Seriyalik ishlab chiqariladigan Acura NSX’ning taqdimoti 2015 yil yanvarida bo‘lib o‘tgan edi. V6 motor bilan birga, superkar uchta elektromotor va to‘qqiz bosqichli uzatmalar qutisiga ega bo‘ladi. Mashina 3,6 soniya ichida soatiga 100 kilometrlik tezlikka erishadi, eng yuqori tezligi soatiga 307 kilometr bilan cheklangan.

“Akura” karbon kuzovli NSX superkarini namoyish etdi

NSX kupesi Acura tomonidan AQShda ishlab chiqarilayotgan eng qimmat avtomobilga aylanadi — komplektatsiyasiga qarab, avtomobil narxi 156 ming dollardan 205,7 ming dollargacha farqlanadi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Acura

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar