Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.07.2016

Nissan kompaniyasi Pathfinder’ning quvvatini oshirdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 133
Nissan kompaniyasi Pathfinder’ning quvvatini oshirdi

Nissan kompaniyasi yangilangan Pathfinder krossoverini taqdim etdi. Mashinaning restayling qilingan versiyasi o‘zgargan old tomonga ega bo‘ldi, hajmi 3,5 litrga teng benzinli motorining quvvati esa oshirildi.

Nissan kompaniyasi Pathfinder’ning quvvatini oshirdi

Olti tsilindrli motor 284 ot kuchiga ega. Restaylinggacha bo‘lgan versiya motorining quvvati “atigi” 260 ot kuchiga ega edi. Bundan tashqari, old va orqa amortizatorlarning bikirligi o‘zgardi, mashinaning burilishi yaxshilandi.

Tashqi tomondan yangilangan Pathfinder eskisidan radiator panjarasi, old bamper va orqa chiroqlar optikasi bilan farqlanadi. Salon dizayni o‘zgarmagan.

Nissan kompaniyasi Pathfinder’ning quvvatini oshirdi

Yangiliklar qatorida orqa bamper ostida oyoqni qimirlatish bilan ochiladigan yukxona eshigi va yangi multimedia tizimini ta’kidlab o‘tish mumkin.

Nissan kompaniyasi Pathfinder’ning quvvatini oshirdi

2017 yilgi model qatoridan o‘rin olgan yangi Nissan Pathfinder’ning narxi hozircha e’lon qilingani yo‘q. Restaylinggacha bo‘lgan krossover AQShda hozircha 29,83 ming dollardan sotilmoqda.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Nissan

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar