Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.07.2016

Genesis’ning ikkinchi modeli Janubiy Koreya bozorida paydo bo‘ldi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 264
Genesis’ning ikkinchi modeli Janubiy Koreya bozorida paydo bo‘ldi

Janubiy Koreyada Genesis G80 sedani savdoga chiqarildi, deya xabar bermoqda “Kolyosa”. To‘rt eshikli bu avtomobil — Hyundai Genesis’ning restayling qilingan versiyasidir. U o‘z o‘tmishdoshidan chiroqlari, radiator panjarasi va bamperlari bilan farq qiladi.

Genesis’ning ikkinchi modeli Janubiy Koreya bozorida paydo bo‘ldi

Janubiy Koreya bozorida Genesis G80 hajmi 3,3 va 3,8 litr, quvvati mos ravishda 282 va 315 ot kuchi bo‘lgan ikki xil dvigatel bilan taklif qilinmoqda. Dvigatellar sakkiz bosqichli “avtomat” bilan hamohanglikda ishlaydi.

Genesis’ning ikkinchi modeli Janubiy Koreya bozorida paydo bo‘ldi

Genesis G80’da aqlli kruiz-kontrol, 18 yoki 19 dyuymli g‘ildirak disklari, smartfonlar uchun simsiz quvvatlantirish tizimi, sensor ekranli multimedia tizimi, favqulodda avtomatik to‘xtash va harakatni bo‘lakda davom ettirish tizimi, piyodalarni tanish xossalari bor.

Genesis’ning ikkinchi modeli Janubiy Koreya bozorida paydo bo‘ldi

Janubiy Koreyada Genesis G80’ning narxi taxminan 41 ming AQSh dollaridan boshlanadi.

Genesis’ning ikkinchi modeli Janubiy Koreya bozorida paydo bo‘ldi

Kuz oylarida Koreyadagi dilerlar ixtiyoriga “quvvati oshirilgan” Genesis G80 Sport ham etkazib beriladi. U radiator panjarasining biroz boshqacharoq va “chehrasi tajovuzkorroq”ligi bilan farqlanadi, shuningdek, bu sport-sedanga quvvati 370 ot kuchiga teng V6 biturbo motor o‘rnatiladi.

Genesis’ning ikkinchi modeli Janubiy Koreya bozorida paydo bo‘ldi

Hyundai kompaniyasi qimmatbaho avtomobillarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Genesis brendini tashkil etishini 2015 yilda ma’lum qilgan edi. Kontsern g‘oyasi bo‘yicha, bu brend Mercedes-Benz, Audi va BMW raqobatga kirishishi kerak.

Genesis’ning ikkinchi modeli Janubiy Koreya bozorida paydo bo‘ldi

Genesis’ning birinchi modeli — EQ900 (Janubiy Koreyadan boshqa mamlakatlarga G90 nomi bilan chiqarilgan) bo‘lgan va Hyundai Equus’ning o‘rnini egallagan edi. 2020 yilga qadar Genesis olti model, xususan, bitta krossover ishlab chiqarishni maqsad qilgan.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Hyundai

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar