Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.07.2016

Volkswagen va LG “aqlli mashina” yaratish yo‘lida birgalikda harakat qiladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 141
Volkswagen va LG “aqlli mashina” yaratish yo‘lida birgalikda harakat qiladi

Volkswagen avtokontserni va Janubiy Koreyaning elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan LG kompaniyasi hamkorlik haqida bitim imzoladi. Kompaniyalar axborot almashinuvida bulutli servisdan foydalanuvchi yangi avlod multimedia tizimini birgalikda ishlab chiqadi.

Yangi dasturiy ta’minot kelajakda haydovchiga, masalan, o‘zining “aqlli uyi”ga ulanib, signalizatsiya ishlayaptimi-yo‘qmi, tekshirish yoki bo‘lmasa uydagi yoniq qolgan chiroqni o‘chirish imkonini beradi. Shuningdek, loyiha qulay interfeys ishlab chiqishni ham nazarda tutadi — uning yordami bilan haydovchi multimedia tizimining axborot xabarlarini “ongli ravishda va xavfsiz yo‘l bilan” qabul qila oladi.

Bulutli servisdan foydalanuvchi bunday tizimlarni hozirgi vaqtda barcha yirik avtoshirkatlar ishlab chiqmoqda. Masalan, Hyundai kompaniyasi yaqin yillar ichida bir-biri bilan “muloqot qila oluvchi” mashinalarning paydo bo‘lishini e’lon qilgandi. Bundan avvalroq esa Toyota va Microsoft Texasda maxsus ma’lumotlar xabi tashkil etilishi va u barcha “aqlli avtomobillar” uchun “miya markazi” vazifasini bajarishi haqida bayonot bergandi.

LG kompaniyasi 2007 yildan beri turli avtoshirkatlarga multimedia tizimlarini etkazib beradi. 2015 yili Volkswagen kontserniga tegishli Italdesign Giugiaro dizayn-atelesi LG’ning elektronikasi bilan ta’minlangan GEA kontsept-karini namoyish etgan edi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Volkswagen

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar