Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.07.2016

“Tesla” avtomobillarining avtopiloti takomillashtiriladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 132
“Tesla” avtomobillarining avtopiloti takomillashtiriladi

Tesla Motors kompaniyasi yaqin vaqt ichida o‘z avtomobillari uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotning yangilangan — 8.0 versiyasini taqdim etadi. Undagi eng asosiy o‘zgarishlar avtonom boshqarish tizimi bilan bog‘liq bo‘ladi, deya xabar bermoqda Electrek nashri o‘z manbalariga asoslanib.

Yangi dasturiy ta’minot yordamida “Tesla” avtomobillari nafaqat avvalgidek mustaqil ravishda qatordan qatorga o‘tib olishi, balki inson yordamisiz katta yo‘ldan tashqariga chiqishi ham mumkin. Ayni vaqtda, magistraldan oddiy ko‘chalarga kirgandan so‘ng, haydovchi baribir boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, avtopilotning tiqilinch harakat sharoitida mo‘ljal olish funktsiyasi yanada takomillashtiriladi, shuningdek, elektrokarni egallab turgan harakatlanish bo‘lagida ushlab turish bo‘yicha modernizatsiya qilingan tizim bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, foydalanuvchi interfeysi yaxshilanadi. Atrofdagi harakat haqidagi ma’lumotlar displeyda “yanada tushunarliroq aks etadi”. “Tesla” ovozli buyruqlarni tanish bo‘yicha modernizatsiya qilingan tizim bilan ham ta’minlanadi — buyruqlarning ma’nosi multimedia majmuasi displeyda ko‘rsatib boriladi.

Va nihoyat, elektrokarlar mukammallashtirilgan navigatorga ega bo‘ladi. U pullik yo‘llarni aylanib o‘tish bo‘yicha variantlarni o‘zi taklif qila oladi, shuningdek, batareyalardagi quvvat zaxirasi va yo‘lda Supercharger quvvatlantirish stantsiyalari bor-yo‘qligidan kelib chiqib, manzilgacha bo‘lgan eng maqbul yo‘nalishni chizib bera oladi.

Hozirgi vaqtda “Tesla” dasturiy ta’minotining 8.0 versiyasi beta-sinov holatida bo‘lib, keyingi bir necha hafta davomida uni to‘liq yuklab olish imkoni paydo bo‘ladi.

Avvalroq AQSh ma’muriyati avtopilot rejimida ketayotgan Tesla Model S bilan yuz bergan avtohalokat oqibatida inson halok bo‘lgani tufayli, Tesla Motors kompaniyasiga nisbatan tergov-surishtiruv harakatlarini boshlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi uning oldida qayrilayotgan yuk mashinasining tirkamasi ostiga kirib ketgan. Na haydovchi, na avtomobilning avtonom boshqaruv tizimi bu vaziyatdan chiqib ketishga ulgurgan.

Keyinroq avtopilot rejimida ketayotgan Tesla Model X krossoveri ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani ma’lm bo‘ldi. Avtomobil ajratuvchi to‘siqqa borib urilib, ag‘darilib ketgan, haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olgan. Politsiya bayonnomasida jabrlanuvchi avtomobil avtopilotda ketayotganini qayd etgan.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Tesla

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar