Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.07.2016

Qozog‘istonning birinchi elektromobilida 100 km yurish 170 tengega tushadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 156
Qozog‘istonning birinchi elektromobilida 100 km yurish 170 tengega tushadi

KIA Soul EV deb nomlangan Qozog‘istonning ilk elektrokrossoveri “Osiyo Avto” zavodi konveyeridan chiqdi. Krossover darhol jamoatchilik va nashrlarning e’tiborini tortdi, deb xabar bermoqda BNews.kz sayti.

Krossoverning qulay va ergonomik ishlangani avtohavaskorlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Ko‘rkam qiyofali mashinaning sarf-xarajati cho‘ntakni chaqmaydigan darajadadir.

Qozog‘istonning birinchi elektromobilida 100 km yurish 170 tengega tushadi

KIA Soul EV elektromobili sig‘imi 27 kVt/soat bo‘lgan litiy-ionli polimer batareyadan quvvatlanadi. To‘la zaryadi bilan 200 km yo‘l bosishi mumkin. Motorining quvvati 110 ot kuchiga teng. Eng yuqori tezligi soatiga 145 kmni tashkil etadi. Batareyani zaruriy paytda isitish va sovutish xususiyatiga ega termonazorat tizimi sharofati bilan Soul istalgan haroratda ishlatishga tayyordir.

O‘skemen shahrida yig‘ilgan mazkur elektromobil Ostona va Sharqiy Qozog‘istonning avtoyo‘llarida -30 darajagacha sovuqda bir necha bor sinab ko‘rildi.

Elektromobilni oddiy xonadon rozetkasidan zaryadlash uchun 14-18 soat vaqt sarflanadi. Soatiga o‘rtacha 2 kVt-soat energiya “eydi”. CHAdeMO standartidagi zaryadlash qurilmasi yordamida mashinani 15-30 daqiqada 80 foizgacha quvvatlantirish mumkin. 100 km yo‘l bosishi uchun zaryadlash narxi 170 tenge (bir yarim ming so‘mcha) turadi.

Eslatib o‘tamiz: shu yilning 29 iyun kuni Prezident Nursulton Nazarboevning O‘skemen shahridagi avtomobil zavodiga tashrifi chog‘ida Qozog‘istonning birinchi elektromobili ko‘rsatilgan edi.

Qozog‘istonning birinchi elektromobilida 100 km yurish 170 tengega tushadi

Manba: Carzone.uz


Teglar: Kia

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar