Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.07.2016

Kanadalik erkak o‘z garajida aviadvigatelli Ferrari yasadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 197
Kanadalik erkak o‘z garajida aviadvigatelli Ferrari yasadi

Kanadalik Rayan Makkuin o‘z garajida Ferrari Enzo’ning nusxasini tayyorlab, unga Rolls-Royce’ning aviadvigatellarini o‘rnatdi. Jet-karni tayyorlash uchun Makkuin 12 yil vaqt va 90 ming dollar sarfladi. Avtomobilga Insanity (“Telbalik”) deb nom berilgan.

Kanadalik erkak o‘z garajida aviadvigatelli Ferrari yasadi

Makkuin Edmontondagi jet-karlar poygasini tomosha qilib qaytganidan so‘ng, 2004 yilda loyihani ishlab chiqqan. U o‘zining Chevrolet Corvette’ini sotib, tushgan pulga davlat auktsionida ikkita reaktiv dvigatel sotib olgan.

Makkuinning so‘zlariga ko‘ra, u loyihani amalga oshirishga kirishgan vaqti muhandislik ishi haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmagan va hatto chilangarlik qurilmasidan foydalanishni ham bilmasdi. U Enzo uslubidagi kuzovni tayyorlash uchun ikki yil, metall konstruktsiyani tayyorlash uchun esa besh yil vaqt ketkazgan.

Kanadalik erkak o‘z garajida aviadvigatelli Ferrari yasadi

“Telbalik”ning og‘irligi 1723 kilogramm va soatiga 650 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi. Mashina ikki daqiqada 400 litr aviakerosin sarflaydi. U har qanday ommaviy tadbirlarda qatnashishi mumkin, biroq umumiy foydalanuvdagi yo‘llarda yurmaydi — Makkuin o‘z jet-karini treylerda olib yuradi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Ferrari

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar