Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.07.2016

Josuslar yangi Mercedes-Benz G-Class’ning salonini suratga oldi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 342
Josuslar yangi Mercedes-Benz G-Class’ning salonini suratga oldi

Germaniyaning Mercedes-Fans nashri ixtiyorida yangi avlod Mercedes-Benz G-Class’ning saloni prototipi aks etgan ilk josuslik suratlari paydo bo‘ldi. Avvalroq internetda yangi G-Class’ning “muli” suratlari tarqalgan edi.

Josuslar yangi Mercedes-Benz G-Class’ning salonini suratga oldi

Hozirgi G-Class’larning saloni

Yangi suratlarga ko‘ra, keyingi avlod G-Class yo‘ltanlamaslari mutlaqo yangi uskunalar paneli va Mercedes’ning so‘nggi modellariga o‘rnatilayotgan 12,3 dyuymli multimedia tizimi ekrani bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, old panel va markaziy tonnel arxitekturasi ham o‘zgaradi — xususan, havoo‘tkazgichlarning shakli o‘zgaradi, differentsiallarni bloklash tugmalari esa tezlik uzatish qutisi richagiga o‘rnatiladi.

Avval xabar berilganidek, model konstruktsiyasida alyuminiydan ko‘p miqdorda foydalanilgani sabab, uning vazni 200 kilogrammga engillashgan. Bundan tashqari, G-Class yangi ko‘p bosqichli old osma va gidrokuchaytirgich o‘rnini egallaydigan elektromexanik rul boshqaruvi kuchaytirgichi bilan ta’minlanadi.

Josuslar yangi Mercedes-Benz G-Class’ning salonini suratga oldi

Yo‘ltanlamas yangi, hajmi uch litr, tsilindrlari soni oltita bo‘lgan dizelli va benzilli motorlar bilan taklif qilinadi. Dizel dvigatellarning quvvati 300 ot kuchiga teng bo‘lsa, benzinli motor 360 ot kuchi beradi. Motorlar to‘qqiz bosqichli avtomat tezlik uzatmalar qutisi bilan hamohanglikda ishlaydi.

Josuslar yangi Mercedes-Benz G-Class’ning salonini suratga oldi

Yangi Mercedes-Benz G-Class 2017 yilning oxirida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Mercedes Benz

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar