Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.07.2016

Mercedes yangi avlod G-Class avtomobillarini sinashni boshladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 233
Mercedes yangi avlod G-Class avtomobillarini sinashni boshladi

1

[/i]Share to Facebook [/i]Share to Twitter [/i] [/i] [/i] [/i]

Mercedes-Benz kompaniyasi yangi avlod G-Class yo‘ltanlamaslarini yo‘llarda sinashni boshladi. Sinovdan o‘tkazilayotgan prototipning ilk suratlari Motor1 nashri tomonidan e’lon qilindi.

Avvalroq G-Class joriy W463 indeksini saqlab qolishi haqida xabar berilgan edi. Ayni vaqtda, “Mersedes” vakillarining qayd etishicha, modernizatsiya shu qadar sezilarli bo‘ladiki, yo‘ltanlamasni mutlaqo yangi avtomobil deb atasa ham bo‘ladi.

Mercedes yangi avlod G-Class avtomobillarini sinashni boshladi

Suratlarda “mul” aks etgan — yangi avtomobilning agregatlari hozirgi modelning chalg‘ituvchi ranglarga bo‘yalgan kuzovi ostida yashiringan. Shu bilan birga, prototipning g‘ildirak izi nisbatan kengroq ekanini sezish mumkin — taxminlarga ko‘ra, u taqriban 10 santimetrga kattalashadi.

Avval xabar berilganidek, model konstruktsiyasida alyuminiydan ko‘p miqdorda foydalanilgani sabab, uning vazni 200 kilogrammga engillashgan. Bundan tashqari, G-Class yangi ko‘p bosqichli old osma va gidrokuchaytirgich o‘rnini egallaydigan elektromexanik rul boshqaruvi kuchaytirgichi bilan ta’minlanadi.

Mercedes yangi avlod G-Class avtomobillarini sinashni boshladi

Yo‘ltanlamas yangi, hajmi uch litr, tsilindrlari soni oltita bo‘lgan dizelli va benzilli motorlar bilan taklif qilinadi. Dizel dvigatellarning quvvati 300 ot kuchiga teng bo‘lsa, benzinli motor 360 ot kuchi beradi. Motorlar to‘qqiz bosqichli avtomat tezlik uzatmalar qutisi bilan hamohanglikda ishlaydi.

Mercedes yangi avlod G-Class avtomobillarini sinashni boshladi

Yangi Mercedes-Benz G-Class 2017 yilning oxirida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Mercedes Benz

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar