Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.07.2016

Renault kompaniyasi kupe-krossover chiqaradi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 190
Renault kompaniyasi kupe-krossover chiqaradi

Renault kompaniyasi kuzovi kupe modellarnikiga o‘xshash krossover chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi modelning prototipi kuzda Parij avtosalonida namoyish etiladi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib Autocar nashri xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, kontseptual kupe-krossoverni ishlab chiqarish qarori sinov tariqasida tayyorlangan va 2015 yili Frankfurt motorshouida namoyish etilgan Mazda Koeru modelining muvaffaqiyati bilan bog‘liq. Frantsuzcha prototip ham o‘sha avtomobilga o‘xshab ketadi — tomi qiya, ko‘rinishi sportcha va salonida besh o‘rindig‘i bo‘ladi.

Ekstererning bir qator elementlari seriyalab ishlab chiqarilayotgan Kadjar modelidan olinadi. Ayni vaqtda, kontsept-kar mutlaqo yangi salon bilan ta’minlanadi — bu salon Renault’ning bo‘lajak modellari haqida tasavvur bera olishi kerak.

Taxminlarga ko‘ra, prototip to‘liq elektr-motor bilan ta’minlanadi. Frantsuzlar hajmi hozirgi Zoe va Twizy modellaridan kattaroq bo‘lgan avtomobillar hisobiga o‘z elektrokarlari qatorini kengaytirishni maqsad qilgan.

Kupe-krossoverni seriyalab ishlab chiqarishga tushirishdan avval, Renault keyingi bir necha yil davomida kompaniya shef-dizayneri Lorens van den Aker rahbarligi ostida ishlab chiqilgan kontsept-karlarni omma e’tiboriga havola qiladi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Renault

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar