Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.07.2016

Xitoyliklar Quyosh batareyasiga ishlovchi to‘rt avtorusumni taqdim qildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 254
Xitoyliklar Quyosh batareyasiga ishlovchi to‘rt avtorusumni taqdim qildi

Osmon osti davlatining Hanergy Holding Group kontserni Pekindagi maxsus ko‘rgazmada Quyoshdan quvvat oladigan avtomobillarni ko‘rsatdi.

Avtomobillarning tomi, kapoti va eshiklariga quyosh panellari o‘rnatilgan. To‘plangan energiya litiy-ionli akkumulyatorlarga yo‘naltiriladi, akkumulyator o‘z navbatida elektromotorga quvvat uzatadi. Quyosh zaryadi yordamida elektromobil 80 kmgacha yo‘l bosadi. Quyoshdan to‘la zaryad olishi uchun olti soatgacha vaqt lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, tashqi manbadan zaryadlash ham mumkin, shunda yo‘l zaxirasi 350 kmga etadi.

To‘plangan energiya g‘oyat o‘ziga xos tarzda mashinaga taqsimlanadi. Mashina tomidan yig‘ilgan energiya orqa elektromotorni, kapotidan yig‘ilgan quvvat old elektromotorni, eshiklar energiyasi esa boshqaruv tizimini quvvatlantiradi.

Xitoyliklar Quyosh batareyasiga ishlovchi to‘rt avtorusumni taqdim qildi

Taqdim etilgan rusumlarning biri bo‘lmish ikki eshikli shahar elektromobilining yukxonasida qo‘shimcha ikkita taxlanuvchi elektr skuteri bor.

Hanergy kontserniga oid yangiliklarning yana biri Foton kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lovchi avtobus ishlab chiqarilishidir. Avtobus, aniqrog‘i, elektrobus tomidagi quyosh panellaridan zaryadlanadi.

Yuqorida aytilgan avtorusumlarni yalpi ishlab chiqarish 2020 yilga rejalashtirilgan.

Xitoyliklar Quyosh batareyasiga ishlovchi to‘rt avtorusumni taqdim qildi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar