Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.07.2016

Honda NSX superkarining yangi suratlarini namoyish qildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 247
Honda NSX superkarining yangi suratlarini namoyish qildi

Honda kompaniyasi NSX superkarining uslubi, dinamikasi va dizayni elementlarini yaqqol gavdalantiruvchi rasmiy fotosuratlar jamlanmasini namoyish qildi. Yangi avtorusum kuzdan boshlab Evropa bozoriga etkazib beriladi.

Oldingi avlodiga nisbatan NSX superkari sezilarli darajada o‘zgargan. Asosiy xislati havo oqimini suvday ravon kesuvchi aerodinamik uslubdagi yangi dizaynidir.

Sportcha uslubdagi avtomobil tsilindrlarni nofaollashtirishdan (dezaktivatsiya) tortib, intuitiv rul boshqaruvigacha bo‘lgan barcha zamonaviy texnologiyalarga ega. Haydovchi ixtiyorida ikki displey mavjud bo‘lib, biri Honda Connect multimedia tizimining etti dyuymli sensor ekrani bo‘lsa, ikkinchisi asboblarning analog paneli vazifasini ado etuvchi sakkiz dyuymli TFT ekrandir.

Honda NSX superkarining yangi suratlarini namoyish qildi

Asos versiyasining saloni charm va alkantar bilan pardozlangan. Apple CarPlay va Android orqali smartfonni ulash imkoni mavjud, akustik tizimi shohona jihozlangan. Iqlim nazoratchisi salondagi namlikni boshqaradi, havoni filtrlashi mumkin.

Superkarga 3,5 litrli tvin-turbo sportcha gibrid dvigatel o‘rnatilgan, qolaversa, uch elektromotorga ega. O‘n pog‘onali avtomat quti bilan ishlaydi. Aylantirish momenti 645 N·m. 573 otning kuchi bor.

Honda NSX superkarining yangi suratlarini namoyish qildi

Honda NSX yuz tezlikka erishishi uchun 3,2 soniya zarur, tezligi 309 km/soatgacha chiqadi. Xondachilar bildirishicha, mashina yuz kmga o‘n litr yonilg‘i “ichadi”. Shu bilan birga bosib o‘tilgan har 1 kmda atmosferaga 228 gramm CO2 chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, Honda NSXning dastlabki seriyali nusxasi may oyining oxirida konveyerdan chiqdi. VIN-kodli 001 raqamlisini sobiq poygachi Rik Xendrik 1 mln 200 ming dollarga xarid qildi. AQShda esa superkar bundan etti barobar kam bahoda sotiladi, ya’ni 167 ming dollar.

Honda NSX superkarining yangi suratlarini namoyish qildi

Manba: Carzone.uz


Teglar: Honda

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar