Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.07.2016

Kelajakda shahar avtomobillari qanday bo‘ladi?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 708
Kelajakda shahar avtomobillari qanday bo‘ladi?

Kelajak kishisi mashina xarid qilmaydi, safarni “xarid qiladi”. Ha, ishonavering! Bu taksi va avtomobilsozlik kompaniyalarining rejasidir. Hattoki, Car2Go/Car2Come bilan Daimler, DriveNow bilan BMW, Lyft bilan GM mashinalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatilishi kompaniyaga daromad keltiradigan bo‘ladi.

Kelajakda shahar avtomobillari qanday bo‘ladi?

Kelajak avtomobilining qiyofasi qanday?

Bu savolga aniq javobimiz yo‘q, chunki kelajak avtosining qiyofasi sizning qaerga borishingizga bog‘liq. Mashinaga ko‘p odam joylashishi lozim bo‘lsa, kattakon avtomobil xizmatidan foydalanasiz. O‘nqir-cho‘nqirliklararo yo‘l yurishingizga to‘g‘ri kelsa yo‘ltanlamasni tanlaysiz. Toqqa chiqmoqchi bo‘lsangiz ham krossover afzal, ammo bozorga krossoverni minib bormaysiz. Sohilbo‘yida dam olishga ochiq havoda yo‘l olsangiz, kabriolet ma’qul. Tabiat qo‘yniga otlanganda esa treylerga o‘tirasiz.

Avtomobil dizayni o‘zgarishi to‘g‘risida ko‘p va xo‘p so‘zlash mumkin. Ammo bugun hayratlanarli darajada sodda va arzon dizaynga ega mashinalar haqida bayon qilamiz. Bu avtomobillar kelajak shaharlarida eng ommalashgan transportga aylanadi. Bir odam shahar bo‘ylab qisqa safarga chiqqanda shunday avtomobildan foydalanadi. Bu taxlit mashinalarning jami bosgan masofasi shahardagi barcha avtomobillar bosgan yo‘lning qariyb yarmiga to‘g‘ri keladi.

Kattami kichik?

1-2 kishiga mo‘ljallangan avtomobil ixcham o‘lchamda bo‘ladi. Uzunligi bir yarim metr, ensizligi uchun tor oraliqdan bemalol o‘ta oladigan va avtoturargohda osongina joylanadigan shaklda bo‘ladi.

Ensiz avtomobil tez burila olmaydi, keng mashina yo‘lda turg‘unroqdir. Ammo buni hal etishning ba’zi yo‘llari bor.

Kelajakda shahar avtomobillari qanday bo‘ladi?

G‘ildiraklari bir-biridan mustaqil tarzda o‘rnatiladi va mashina mototsikl singari burchak ostida buriladi. Bu yaxshi echim, biroq qo‘shimcha xarajat talab qiladi. Yana bir yo‘li – ikki g‘ildirakli rusum yaratish. Ammo tik holatini saqlashi uchun bunga ham qo‘shimcha mexanizmlar o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.

Darvoqe, kelajak mashinasi elektr bilan oziqlanadi. Polda joylashgan batareyalari og‘irlik markazi pastda bo‘lishini ta’minlaydi.

Tezyurar yo‘llarda bu mashina yurmaydi, shuning uchun o‘ta yuqori tezlikda burilishi taqozo etilmaydi. Harakatlanish chog‘ida avtomatik tizim mashina muvozanati buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Aerodinamika… yo‘q

An’anaviy avtomobillardan kengligi ikki barobar ozligi tufayli aerodinamik jihatdan yutadi. Yo‘ltanlamas versiyasida esa aerodinamikaning o‘zi yo‘q, chunki tez yurishga ehtiyoj yo‘q. Tezkor shosseda yuradigan mashina tomchi shaklida yasaladi.

Kelajakda shahar avtomobillari qanday bo‘ladi?

Eng samarali va xavfsiz dizayn, darhaqiqat, tomchi shaklidir. Bunda yo‘lovchilar, orqaga qarab o‘tirishiga to‘g‘ri keladi. Garchi yo‘lovchilar bunday o‘tirishni uncha yoqtirmasa ham to‘qnashuv paytida zarar etmaydi.

Barchasi elektrli

Kiraga oladigan mashinam nimaga yuradi, deya tashvish qilmang. Kelajak transporti yashil energiyaga yuradi. Tabiat ifloslanishi muammosi tobora kun tartibidan o‘rin olar ekan, mashinalar elektrlashuvi muqarrardir.

Elektrli dvigatel g‘oyat sodda tuzilgan, “ichak-chavoqlar”i o‘zimizning ichki yonuv dvigatelli avtomobilnikidan kam. Unga xizmat ko‘rsatish osondir. Tekis va shovqinsiz ishlaydi. Akkumulyatorlar narxi pasayishi bilan elektromobillar bahosi ham tushadi.

Sodda va hamyonbop

Elektromotorning detallari ichki yonuv dvigatelinikidan birmuncha ozdir. Avtomobilning bizga tanish qismlari ham ko‘zdan yo‘qoladi. Kelajak mashinasiga “g‘ildiragi bor o‘rindiqli quti” deb ta’rif berish mumkin.

Mashina juda sodda korpusga ega. Sayohatchilarga mo‘ljallangan avtorusumlarning oynasi keng bo‘ladi.

Kelajakda shahar avtomobillari qanday bo‘ladi?

LIDARli o‘zi boshqariluvchi mashinaning faralari bo‘lmaydi, yo‘ldagi boshqa mashinalar ko‘rishi uchun kichik chiroqchalari bor xolos. Chunki qorong‘u yo‘lda emas, faqat shahar yo‘lida yurishga mo‘ljallangan. Elektromobilga radiator panjarasining hojati yo‘q.

Mashina ichida robotlashgan datchiklarni mahkamlash joylari bor. Yon oyna va orqani ko‘rish oynasiga ehtiyoj qolmaydi.

Kamtarona salon

O‘rindiqlar hashamdor bo‘lishi mumkin, biroq o‘rnidan surilmaydi. Qisqa masofaga borish uchun bunga ehtiyoj yo‘q. Ammo ayrim avtomobillarda bu imkoniyat mavjud, shuningdek, tirsakqo‘ygichlarni qotirib qo‘yish mumkin.

Mashinaning yukxonasi yo‘q, lekin mayda-chuydalarni oyoq ostiga joylasangiz bo‘ladi. Salonda taxlanuvchi stol va ekran bo‘ladi. Mashinaning smartfon bilan aloqa o‘rnata oladigan kichkina kompyuteri bo‘lishi mumkin.

Bardachok yo‘q, chunki shaxsiy buyumlaringizni unda olib yurmaysiz. O‘rniga kichik javoncha bor. Javoncha ichida zaruriy buyumlar, jumladan, sochiq, salfetka, buklet, doriquti bo‘ladi.

Kelajakda shahar avtomobillari qanday bo‘ladi?

Uskunalar paneli yo‘qoladi. Mashina bilan aloqani o‘z telefoningiz vositasida o‘rnatasiz. Mashinaning ixcham plansheti orqali asosiy ma’lumotni olasiz va harakatni boshqarasiz. Biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan shaxsiy smartfoningiz va avtomobil o‘rtasidagi aloqa cheklangandir.

Bundan tashqari, kelajak avtomobilida favqulodda vaziyatlarda boshqarish uchun rul yoki joystikka o‘xshash moslama o‘rnatilish ehtimoli bor. Har ehtimolga qarshi moslamalar, shahardan tashqarida yurganda zarur bo‘luvchi qo‘shimcha qurilmalar o‘rnatiladi.

Akustik tizimi-chi? Ertaga yo‘lovchi bugungidan ko‘ra rohatlanib musiqa tinglaydi, chunki elektromobilning dvigateli shovqinsiz ishlaydi. Kichik sabvufer va quloqchin xizmatga muntazir.

Cho‘ntakni umuman chaqmaydigan avtomobillarda na ekran, na quloqchin bo‘ladi, ammo yo‘lovchini manzilga eltish vazifasini qoyillatib bajaradi. Avtomobil tiqinida qolmaysiz. Asl maqsad ham shu emasmi?

Iqlim nazoratchisi o‘rniga robotaksi g‘aroyib echimni taklif qiladi. Muz yoki boshqa sovutgich vosita (xladagent) yordamida salon sovushiga erishiladi. Qisqa safar mobaynida buni sezmaysiz. Biroq batareyani so‘ruvchi konditsionerdan kam joyi yo‘q.

Eng qizig‘i, elektrli taksi kichkina bo‘lgani uchun an’anaviy mashinalar sig‘maydigan ayrim binolarga kirishga ruxsat beriladi.

Mashinaning osmasi o‘zgaradi. Albatta, qimmat rusumlarning osmasi yaxshiroq bo‘ladi, biz nazarda tutayotgan taksilarniki esa oddiyroq. Umuman olganda, kelajakning shahar avtomobillarida harakatlanuvchi qismlar oz, ko‘zimiz o‘rgangan mashinaga umuman o‘xshamaydi. Engil, elektrli va samarador bo‘ladi.

Bunday avtomobil xizmatidan foydalanish taksidan ham arzonroqqa tushadi.

Kelajakda shahar avtomobillari qanday bo‘ladi?

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar