Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.07.2016

Renault Alaskan 2017 seriyali pikapi rasman taqdim etildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 230
Renault Alaskan 2017 seriyali pikapi rasman taqdim etildi

Sanoqsiz shov-shuvli anonslardan so‘ng frantsuzlarning Renault kompaniyasi yangi Alaskan seriyali pikapi yuzidan pardani ko‘tardi. Taqdimot marosimi 30 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Bir tonnali pikap Nissan NP300 Navara yangi avlodining bazasiga qurilgan.

Renault Alaskan 2015 yilda taqdim etilgan shu nomli kontseptdan deyarli farq qilmaydi. Radiator panjarasi keng-mo‘l ishlangan, Renault logotipi joylashtirilgan. Kapot go‘yo mushaklari bo‘rtib turgandek chiziqlarga ega. Kunduzgi chiroqlari S harfi shaklida. Salmoqli quyma disklari bor. Tubi yo‘ldan birmuncha yuqori, aniqrog‘i 23 sm balandlikda.

Renault Alaskan 2017 seriyali pikapi rasman taqdim etildi

Pikapga 2,3 litrli tvin-turbo dizel dvigateli o‘rnatilgan. Birinchi varianti 160 ot kuchiga ega bo‘lsa, ikkinchisi 190 ot kuchiga ega. Bundan tashqari ayrim bozorlarda motori 2,5 litrli versiyasi ham sotiladi. 6 pog‘onali mexanik yoki 7 pog‘onali avtomatik quti bilan ishlaydi. 4×4 to‘la uzatmali tizim bilan jihozlanadi.

Qudratli pikap 3,5 tonnali tirkamani sudray oladi. Salonda 5 dyuymli rangli TFT displey, iqlim nazoratchisi, navigatsiya va multimedia (7 dyuymli displeyga ega) hamda 360 gradus tevarakni ko‘rish tizimi mavjud.

Renault Alaskan 2017 seriyali pikapi rasman taqdim etildi

Renault Alaskan pikapini sotish 2016 yil oxirigacha Kolumbiyada boshlanadi. Undan tashqari bir qancha Janubiy Amerika mamlakatlari bozorlariga olib kirish mo‘ljallangan. Evropada ham keyinchalik sotiladi. Meksika, Ispaniya va Argentinada yalpi ishlab chiqarish rejalashtirilyapti.

Renault Alaskan 2017 seriyali pikapi rasman taqdim etildi

Manba: Carzone.uz


Teglar: Renault

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar