Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.07.2016

Tesla avtopiloti sodir qilgan avtohalokat birinchi marta o‘lim bilan yakun topdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 214
Tesla avtopiloti sodir qilgan avtohalokat birinchi marta o‘lim bilan yakun topdi

Rasm xabarga aloqador emas

[/i]Share to Facebook [/i]Share to Twitter [/i] [/i] [/i] [/i]

Avtopilot rejimida boshqarilayotgan Tesla Model S sedani haydovchisi shu yilning 7 may kuni Floridada halok bo‘ldi. Yuz bergan hodisa yuzasidan kompaniya bayonot berganidan so‘nggina ommaga bu fakt havola etildi. “Tesla” avtopiloti bilan bog‘liq o‘lim hodisasi birinchi marta kuzatilyapti.

Bayonotda keltirilishicha, avtopilot rejimida bo‘lgan elektromobil yo‘lni tik holda kesib o‘tayotgan traktor ostiga kirib ketgan. Elektromobilning tepa qismi zarb egan. 40 yoshli haydovchi Doshua Braun halok bo‘lgan.

Avtopilot to‘siqni sezmaganini ishlab chiqaruvchi qayd etdi, chunki traktorning oq rangli tirkamasi kun yorug‘ida bilinmagan. Shu sababli vaziyatni o‘z qo‘liga olishi mumkin bo‘lgan haydovchi ham xatarni payqamay qolgan.

Kompaniya avtopilot yangi funktsiyaligi, undan foydalanganda rulni tutib turish va yo‘ldagi vaziyatni nazorat qilish lozimligini eslatib o‘tdi. Shu bilan birga Elon Mask kompaniyasining statistikasiga ko‘ra, “Tesla” avtopilotida 130 ming mil masofani avariyasiz bosib o‘tilganini eslash joizdir.

AQSh yo‘llari xavfsizligi bo‘yicha Milliy boshqarma (NHTSA) tashabbusi bilan Tesla Model S holati yuzasidan tekshiruv boshlandi. Shunday holat qayta yuzaga kelmasligi uchun 25 ming avtomobilni qaytarib olish zaruriyati bor-yo‘qligini ekspertlar baholashadi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Tesla

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar