Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.07.2016

Taraqqiyot ko‘chasidagi yangi avtomobil yo‘li mustaqillikning 25 yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 803
Taraqqiyot ko‘chasidagi yangi avtomobil yo‘li mustaqillikning 25 yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi

Toshkentning Taraqqiyot ko‘chasida Ohangaron shossesidan shahar markaziga borish masofasini qisqatiradigan yangi avtomobil yo‘li qurilmoqda. Bu haqda «O‘zavtoyo‘l» aktsiyadorlik kompaniyasining matbuot xizmatiga asoslanib, Daryo.Uz xabar bermoqda.

«Avtomagistral» ixtisoslashtirilgan yo‘l qurilish ta’mirlash birlashmasi bosh pudratchiligi hamda Zangiota tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi yordamchi pudratchiligida qurilayotgan ushbu 6 tasmalik yo‘lning uzunligi 2,9 kilometr masofani tashkil qiladi. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi va Ohangaron shossesini bog‘lab turuvchi mazkur yangi yo‘l foydalanishga topshirilganda shahar ko‘chalaridagi harakat jadalligi kamayibgina qolmay, Ohangaron shossesiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni paydo bo‘lishi hisobiga harakat ishtirokchilarining vaqti va avtomobil yoqilg‘isi tejalishiga ham erishiladi.

Taraqqiyot ko‘chasidagi yangi avtomobil yo‘li mustaqillikning 25 yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi

Foto: «O‘zavtoyo‘l» AK matbuot xizmati

«Taraqqiyot ko‘chasidagi yangi avtomobil yo‘lining qurilish jarayonida yo‘l to‘shamasi konstruktsiyasining yangi usulidan foydalanilmoqda. Ushbu usul yo‘l sifatini oshirish barobarida, asfalt-beton qorishmasi sarfini kamaytiradi va, tabiiyki, yo‘l qurilishiga ketadigan xarajat ham sezilarli darajada iqtisod qilinadi. Mazkur yo‘l foydalanishga topshirilganda, shahar ko‘chalarida mashinalar tirbandligi kamayadi va haydovchilarning harakatlanishiga qulaylik yaratiladi», — dedi yo‘l qurilish ob’ektida amalga oshirilayotgan ishlar xususida «Avtomagistral» IAYQTB ishlab chiqarish bo‘limi bosh mutaxasisi B. Avazov.

Taraqqiyot ko‘chasidagi yangi avtomobil yo‘li mustaqillikning 25 yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi

Foto: «O‘zavtoyo‘l» AK matbuot xizmati

Yangi avtomobil yo‘li mustaqillikning 25 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi mo‘ljallanmoqda.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar