Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.06.2016

Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda avtomobilning qog‘oz texnik pasporti bekor qilinadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 192
Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda avtomobilning qog‘oz texnik pasporti bekor qilinadi

27 iyundan boshlab Evroosiyo iqtisodiy ittifoqida transport vositasining elektron pasporti amalga kiritiladi.

Iqtisodiy ittifoqqa a’zo mamlakatlarda transport vositasining yagona shakli joriy etiladi, ma’lumotlar bazasi umumiy bo‘ladi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar bermoqda.

Har bir avtomobilga oid ma’lumot yagona tizimda rasmiylashtiriladi, saqlanadi va uzatiladi. 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tizimning yanada mukammal versiyasi ishga tushadi. Kelgusi yilning iyuligacha elektron texnik pasport bilan birga qog‘oz texnik pasport ham beriladi. Traktor va boshqa o‘ziyurar mashinalar uchun qog‘oz hujjat berilishi 2018 yilning 1 iyuligacha davom etadi.

Joriy etilgan yangi tizim transportning bojxonadan o‘tishi, soliq va boj to‘lanishi, olib qochishdan himoyalash, raqamlash, qismlarga noqonuniy bo‘laklash va boshqa vaziyatlarda nazorat qilishni engillashtiradi.

Elektron hujjatning qiziq tomoni: unda transport vositasi egasi haqida ma’lumot bo‘lmaydi. Ammo mashinaning texnik tavsifi, olib-sotilishi tarixi, texnik xizmat ko‘rsatilishi va ta’miri haqida to‘la ma’lumot qayd etiladi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar