Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.06.2016

Avtosalonlarda Chevrolet’ning bir nechta modellarini darhol olib ketish imkoni tug‘ildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 501
Avtosalonlarda Chevrolet’ning bir nechta modellarini darhol olib ketish imkoni tug‘ildi

Daryo.Uz‘ning xabariga ko‘ra, GM Uzbekistan dilerlik tarmog‘i Chevrolet avtomobillarining ayrim modellarini xaridning rasmiylashtirilishi hamon yoki bir necha kun ichida olib ketish imkoniyati bilan realizatsiya qilmoqda.

Butun O‘zbekiston bo‘ylab 74 ta savdo maydonida Cobalt, Matiz va Lacetti modellarining bir nechtadan komplektatsiyasi taklif qilinmoqda. Avtomobillarni naqd va naqdsiz hisob-kitob yo‘li bilan, shuningdek, xalqaro plastik kartalar yordamida Markaziy bank kursi bo‘yicha AQSh dollarida xarid qilish mumkin.

«Rohat» saloni menejeri Murodjon Usmonovning ta’kidlashicha, Lacetti yoki Matiz mashinasini rasmiylashtirishga 45 daqiqa sarflanadi.

«Salonda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) punkti bor, u erda Toshkent propiskasiga ega xaridorlar avtomobil sotib olingani haqida hisob-ma’lumotnoma taqdim etib (ma’lumotnoma narxi — 15 628 so‘m), darhol davlat raqamini olishi mumkin. Shu tariqa, mijozlarimiz bir kun ichida ekspluatatsiyaga tayyor, to‘liq rasmiylashtirilgan avtomobilga ega bo‘ladi», — deb qo‘shimcha qildi u.

«Rohat» avtosalonida Chevrolet avtomobillarining quyidagi modellari mavjud:



Matiz — 1–2-komplektatsiyalar (evro) — 14,2–16,5 million so‘m, hisob-kitob xalqaro plastik karta orqali, dollarda, Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.



Lacetti — 1−2-komplektatsiyalar — 28,2–37,2 million so‘m, hisob-kitob xalqaro plastik karta orqali, dollarda, Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.



Lacetti — 1-komplektatsiya (evro) — 58,7 million so‘m, yuridik shaxslarga milliy valyutada pul o‘tkazish yo‘li bilan realizatsiya qilinadi.

Sirg‘alining 4-kvartalida joylashgan salonda ham bir qator modellar erkin sotuvda turibdi.

Avtosalonlarda Chevrolet’ning bir nechta modellarini darhol olib ketish imkoni tug‘ildi

«Bizning savdo maydonimizga chiqarilgan barcha avtomobillarni to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng darhol olib ketish mumkin, — ma’lum qildi Sergeli-Avtotexservis saloni menejeri Izatulla Muratov. — Bizda Cobalt va Lacetti modifikatsiyalarining yaxshi tanlovi mavjud. Mijozning talabini darhol, uni kuttirmay qondira olishdan hamisha xursandmiz. Mashina xaridini rasmiylashtirish jarayoni, shu jumladan, hisob-ma’lumotnoma berilishi (narxi — 13 024 so‘m) bir soat atrofida vaqt oladi».

Salon vakilining hikoya qilishicha, mijozlarni sotuvdagi modellar haqida boxabar etish maqsadida Facebook’da sahifa ochilgan. Axborot haftasiga o‘rtacha bir marta yangilanadi. Ro‘yxatlarda nafaqat narxlar, balki mashinani etkazish muddatlari ham aks etadi.

Sergeli-Avtotexservis’da Chevrolet avtomobillarining quyidagi modellari mavjud:



Matiz — 3−4-komplektatsiyalar (evro) — 16,9 million so‘m, hisob-kitob xalqaro plastik karta orqali, dollarda, Markaziy bank to‘lov kuni belgilagan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi.



Cobalt — 2-komplektatsiya — 28,3 million so‘m, hisob-kitob xalqaro plastik karta orqali, dollarda, Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.



Lacetti — 1−3-komplektatsiyalar — 28,4–30,3 million so‘m, hisob-kitob xalqaro plastik karta orqali, dollarda, Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.



Cobalt — 3-komplektatsiya — 74,9 million so‘m, hisob-kitob naqd pulda, milliy valyutada amalga oshiriladi.

Salonlar, shuningdek, Nexia SOHC Super’ning 4-komplektatsiyasini oldindan buyurtma berish tizimida taklif qilmoqda. Xalqaro plastik karta orqali mashina qiymatining 85 foizi oldindan to‘lab berilganidan so‘ng mijoz 10–15 kun kutishiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqt ichida salon talabnomasiga ko‘ra mashina zavoddan chiqarilib, Toshkentga etkaziladi. Mashina etib kelishi bilan mijoz qolgan 15 foiz pulni to‘laydi, avtomobil xaridi haqidagi hisob-ma’lumotnomani oladi va DYHXXga davlat raqami olish uchun murojaat etadi.

Cobalt’ning bir necha modifikatsiyasini ham shu yo‘l bilan sotib olish mumkin.

Salonlar vakillarining qayd qilib o‘tishicha, sotuvda mavjud mashinani bir kun ichida olishda xaridor cho‘ntagidan ketadigan xarajat avtomobilning prays-listdagi narxi hamda davlat raqami olish uchun kerak bo‘ladigan hisob-ma’lumotnoma uchun to‘lovdan iborat.

O‘zbekistondagi boshqa avtodo‘konlarda ham vaziyat shunaqa ekanligi aytilmoqda. Milliy valyutada, naqd pulga Cobalt’ning 3−4-komplektatsiyalarini, 74,9−80,6 million so‘mga sotib olish mumkin. Xalqaro plastik karta bo‘yicha 1–2-komplektatsiyadagi Matiz (14,2−16,5 million so‘m), 4-komplektatsiyadagi Nexia SOHC (22,3 million so‘m), 1–2-komplektatsiyadagi Cobalt, shu jumladan, uning avtomatlashtirilgan o‘tkazmalar qutisiga ega modifikatsiyasi (25,9−32,7 million so‘m), 1–2-komplektatsiyadagi Lacetti (28,2−37,2 million so‘m) realizatsiya qilinmoqda.

Yuridik shaxslar quyidagi avtomobillarni milliy valyutada pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishi mumkin: 1-komplektatsiyadagi Lacetti (evro) — 58,7 million so‘m, 3−4-komplektatsiyadagi Cobalt (evro) — 80,6 million so‘m.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar