Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.06.2016

GM Uzbekistan zavodning yopilgani va xodimlar hibsga olingani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 163
GM Uzbekistan zavodning yopilgani va xodimlar hibsga olingani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

General Motors Uzbekistan AJ matbuot xizmati Andijon viloyatidagi avtozavod ishi to‘xtatilgani va qo‘shma korxona xodimlari qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb yozadi Daryo.Uz.

Asakadagi avtozavod ayni paytda odatiy rejimda ishlamoqda, deya ta’kidlashdi matbuot xizmatidagilar. Asosiy eskport bozorlaridagi inqiroz mahalliy avtomobil mahsulotlari savdosiga ta’sir qildi, ammo bu hech ham Asaka zavodi faoliyati to‘xtatildi, degani emas, deyiladi  xabarda.

Avtomobil ishlab chiqaruvchining matbuot xizmati, shuningdek, avval eksport uchun yuklangan va O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan qaytarib olib kelingan avtomobillarni ichki bozorda sotish «sxemasi» hamda qo‘shni mamlakatlardagi chegaradosh hududlarda bunday maqsadlarda foydalaniladigan vakillari borligi haqidagi xabarlarni ham butunlay rad etdi.

«Bunday xabarlar nafaqat GM Uzbekistan AJni, balki u holda bunday noqonuniy firibgarlik sxemalarining bevosita ishtirokchilariga aylanishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari va muassasalarini, jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi, banklarni ham  butunlay asossiz va isbotsiz firibgarlikda ayblaydi», — deyishdi qo‘shma korxona matbuot xizmatida.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar