Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.06.2016

Shveytsariyalik talabalar 1,5 soniyada yuzga bosadigan elektromobil yaratdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 180
Shveytsariyalik talabalar 1,5 soniyada yuzga bosadigan elektromobil yaratdi

Yangi mashina tezlik bo‘yicha dunyo rekordini yangiladi. Grimsel deb nomlangan elektrli bolid 100 km/soat tezlikka erishishi uchun atigi 1,513 soniya kifoya qildi. Tezlik sinovi Dyubendorfdagi aviabazaning uchish-qo‘nish polosasida o‘tkazildi.

Grimsel elektrobolidi Shveytsariyadagi Tsyurix oliy texnika maktabi va Lyutsern amaliy fanlar Universiteti talabalari tomonidan tajriba tariqasida ishlangan mashinadir. Bolid “Formula-Talaba” musobaqasida ishtirok etish uchun yaratilgan. Uning har bir g‘ildiragida bittadan elektromotori bor. To‘rt elektromotorning jami quvvati 200 ot kuchiga, aylantirish momenti 1700 N∙mga teng.

“Grimzel” bolidini yasashda karbonplastikdan keng foydalanilganligi bois vazni atigi 168 kg. Quvvatning massaga nisbati: bir tonnaga 1190 ot kuchi miqdoridadir.

Talabalar bundan tashqari bolidga trekshn-kontrol tizimi (protivobuksovochnaya sistema) va tormozlanganda energiyani rekuperatsiyalovchi tizim o‘rnatgan.

Tezlanish olish bo‘yicha avvalgi rekordni Shtutgart talabasi yasagan avtomobil yuz tezlikka 1,779 soniyada erishib o‘rnatgan edi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar