Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.06.2016

Kvadrotsikl — mototsikl emas, avtomobil

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 884
Kvadrotsikl — mototsikl emas, avtomobil

Kvadrotsikl (lotincha “quadru” — “to‘rt”, yunoncha “ϰύϰλος” – “aylana”) to‘rt g‘ildirakli transport vositasidir. Sobiq Sovet respublikalarida kvadrotsikl deganda, ko‘pincha, to‘rt g‘ildirakli motovezdexod, AQShda esa to‘rt g‘ildirakli velosiped tushuniladi. Jahonda kvadrotsikl ishlab chiqarish bilan BRP, Polaris, Yamaha, Kawasaki, Suzuki, Arctic Cat, Stels, CF Moto, Irbis firmalari shug‘ullanadi.

Kvadrotsikl — mototsikl emas, avtomobil

Fantom

Kvadrotsikl — mototsikl emas, avtomobil

Orange DX Limousine

Kvadrotsikllarning tryukbop va xizmatchi turlari mavjuddir.

Xizmatchi turidan o‘tish qiyin joylarda motovezdexod sifatida foydalaniladi. Ular xiyla og‘ir, odam tashishga moslashgan, o‘tuvchanligi yuqori bo‘ladi. Tezligi soatiga 90 kmgacha chiqadi.

Tryukbop kvadrotsikllarning platformasi ensiz, biroq g‘ildirak izi keng, o‘tuvchanligi past, vazni engil bo‘ladi. Tezligi 137 km/soatgacha (Jo Byord o‘rnatgan rekord) chiqadi.  Biroq rusumiga qarab texnik ko‘rsatkichlari asos versiyasinikidan farqli bo‘lishini aytib o‘tish lozim.

Kvadrotsikl — mototsikl emas, avtomobil

Tryukbop kvadrotsikl

1970 yilda Honda kompaniyasi US90 nomli uch g‘ildirakli motovezdexod ishlab chiqardi. US90 o‘zida mashinaning ro‘zg‘orbopligi va mototsiklning manyovrchanligini mujassamlashtirgan edi. Yirik g‘ildiraklari erga yaxshi yopishadi. Shiddatkor qiyofali, o‘tuvchanligi yuqori. Kvadrotsikl tarixi shundan boshlanadi.

Kvadrotsikl — mototsikl emas, avtomobil

US90 tritsikli

US90 tritsikli Kaliforniyaning sohilbo‘yi qumloqlarida ommalashib ketdi. Mazkur transportga talab oshgani bois darhol avto va moto ishlab chiqaruvchilar motovezdexod tayyorlashga tutindi. Ko‘p o‘tmay to‘rt g‘ildirakli varianti yaraldi va bugungacha qiyofasi deyarli o‘zgarmay kelmoqda.

Kvadrotsikl avtomobilning “qarindoshi” sanaladi va uni mototsikllar oilasiga qo‘shmaslik kerak.

O‘zbekistonda shahar tashqarisidagi dam olish zonalarida, tog‘ yonbag‘irlari va suv havzasi sohilida kvadrotsiklni ijaraga olib sayr qilish mumkin. Darvoqe, qonunchiligimiz kvadrotsiklga qanday munosabatda?

O‘zbekistonning yangi tahrirdagi yo‘l-harakati qoidalarida dvigatelining ishchi hajmi 50 kub santimetrdan kattaroq bo‘lgan yoki eng yuqori tezligi soatiga 50 km bo‘lgan skuterlar, elektr skuterlar va kvadrotsikllar mototsikllarga tenglashtirildi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar