Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.06.2016

Hyperloop Rossiya orqali yangi “Ipak yo‘li” o‘tkazmoqchi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 193
Hyperloop Rossiya orqali yangi “Ipak yo‘li” o‘tkazmoqchi

Hyperloop Technologies Inc etakchisi Shervin Pishevar Rossiyada uzoq muddatli rejalari borligi haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Hyperloop Moskva hududi orqali o‘tadigan o‘ta tezkor magistral qurmoqchi. Barpo etiladigan yuk magistrali vositasida Xitoydan Evropaga yuk tashiladi.

2016 yilning 17 iyunida Moskva hukumati Hyperloop Technologies bilan hamkorlik yuritish to‘g‘risida memorandum imzoladi.

“Hyperloop Moskva mintaqasidagi 16 mln aholining transportga sarflaydigan vaqtini teng barobariga qisqartirib, hayotini sezilarli yaxshilashi mumkin”, deydi Shervin Pishevar

Pishevar Rossiya bilan hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad yangi Ipak yo‘lini barpo etish, deb hisoblaydi. Yangi magistral orqali yuk Xitoydan Evropaga bir kunda etib boradi.

Eslatib o‘tamiz: Hyperloop g‘oyasini ilk bor 2013 yili Tesla Motors va SpaceX kompaniyalari rahbari Elon Mask ilgari surgan. U ichida past bosim hosil qilinadigan quvurga poezdni joylashni taklif qildi. Poezdning o‘zi magnit yostiqchasi tamoyili bo‘yicha harakatlanadi, vagonlar rels yuzasiga tegmaydi. Poezd uzluksiz katta tezlikda harakatlanishi uchun yo‘lida tezlatgich stantsiyalar o‘rnatiladi.

Hyperloop One 2016 yil mayida vakuum poezdining harakatlanuvchi chanasimon versiyasini sinovdan o‘tkazdi. “Aravacha” soatiga 482 km/soat tezlikka erishdi. Soatiga yuz tezlikka chiqishi uchun atigi 1,1 soniya zarur bo‘ldi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar