Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.06.2016

Lukashenko yo‘ldagi tiqinlarga qarshi kurashish chorasini aytdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 127
Lukashenko yo‘ldagi tiqinlarga qarshi kurashish chorasini aytdi

Belarus Prezidenti yo‘ldagi tirbandliklarning asl sababi ishlab chiqarish korxonalari mamlakat bo‘ylab noto‘g‘ri taqsimlanganligida, deb hisoblaydi.

Umumbelarus xalq majlisidagi ma’ruzasida Aleksandr Lukashenko hukumatni mamlakat bo‘ylab korxonalarni teng taqsimlashga, ish o‘rinlarini zarur bo‘lgan joylarda yaratishga chaqirdi. Prezident yo‘ldagi tiqinlar va ishlab chiqarish ob’ektlari joylashuvi orasida chambarchas bog‘liqlik mavjudligiga urg‘u berdi.

“Hammasini Minskka olib kelish yaramaydi. Bu haqda birinchi marta gapirayotganim yo‘q. Bugunga kelib tig‘iz vaqtda Minskning transport yo‘llarida yurolmay qolyapmiz. Agarda (mamlakat) aholisining yarmi poytaxt va uning tevarak-atrofida yashaydigan bo‘lsa, to‘g‘rilab bo‘lmas xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Oqibatda minskliklar tiqilishib qoladi. Sizga shu kerakmi? Yo‘q. Ayniqsa, minskliklarga”, dedi Belarus Prezidenti.

Bundan tashqari Prezident poytaxtdan tashqarida yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun hukumat bor kuch-g‘ayratini sarflashini aytdi. Natijada mamlakat ichkarisida aholi migratsiyasi qisqaradi va Minsk ko‘chalari tirbandlikdan qutuladi.

“Tog‘ odamning oldiga kelmaydi, odam toqqa boradi. Xalqimizni ish bor joyga qarab harakatlanishga o‘rgatishimiz lozim,  hamma xohlaganidek Minsk yoki Minsk etagida ish o‘rinlari ochishga emas. Biz buning uchun Minskda turarjoy qurilishini qisqartirishga qadar jiddiy choralar ko‘rganmiz. Qurilishni mintaqalarga ko‘chiramiz. Bu siyosat davom etadi”, deydi Aleksandr Lukashenko.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar