Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.06.2016

«Qamchiq» tunneli va Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li ochildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 1 100
«Qamchiq» tunneli va Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li ochildi

O‘zbekiston Temir yo‘llar AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22 iyun kuni “O‘zekspomarkazda” Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin qatnashdi, deb Sputniknews-uz.com yozmoqda.

Islom Karimov ushbu loyihaning amalga oshirilishi muhim tarixiy voqea bo‘lganligini va uning qurilishi O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida yakunlangani uning ahamiyatini yanada oshirganini ta’kidladi.

“O‘zekspomarkaz”da tashkil qilingan tantanali ochilish marosimida prezidentlar va tunnel qurilshida ishtirok etgan mutaxassislar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleko‘prik o‘rnatildi.

Prezidentlar birgalikda ushbu yo‘ldan ilk bor harakatga tushgan, bir elektrovoz va to‘rt yo‘lovchi vagondan iborat bo‘lgan poezdni “Qamchiq” temir yo‘l tunnelidan o‘tishga ruxsat beruvchi svetoforni yoqish uchun maxsus tugmani bosishdi.

Shundan so‘ng “China Railway Tunnel Group” kompaniyasi raisi Yuy Baolin va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Rahmatov birgalikda ushbu poezdda, tunnel orqali sharqiy portal tomonga yo‘l olishdi.

Dastlabki poezd uzunligi 19,2 kilometrlik er osti yo‘lini 16 daqiqayu 30 soniyada bosib o‘tdi. Tantanali marosim munosabati bilan tunnelning ikki tomonida yig‘ilgan ko‘p sonli mutaxassislar, temiryo‘lchilar, jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, hamda xorijlik mehmonlar poezdning o‘tishini juda katta quvonch va shodi xurramlik bilan kutib oldilar.

Shundan so‘ng “China Railway Tunnel Group” kompaniyasi raisi Yuy Baolin va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Rahmatov “Angren-Pop” temir yo‘lining foydalanishga tayor ekanligini e’lon qilishdi.

Ushbu loyihania amalga oshirish uchun ajratilgan 1 milliard 633,7 mln. AQSh dollaridan bugungi kunda tunneldan tashqari ishlarni amalga oshirish uchun jami 810 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi. Tunnel qurilishiga yo‘naltirilgan 455 mln. dollarlik mablag‘ to‘liq o‘zlashtirildi.

Ushbu loyiha doirasida 285 sun’iy inshoot va suv o‘tkazish quvurlari, 15 ta temir yo‘l ko‘priklari va 6 ta yo‘l o‘tkazgich (puteprovod), 4 ta stantsiya, 4 ta raz’ezd va 2 ta vokzal qurib bitkazildi.  124 kilometrlik temir yo‘l to‘liq elektrlashtirildi. Bundan tashqari mazkur ulkan loyiha doirasida temir yo‘lchilar uchun o‘nga yaqin turar joy binolari ham barpo etildi.

Mazkur tunnel, dunyo reytingida shu kabi tunnellar ro‘yxatida murakkabligi bo‘yicha sakkizinchi o‘rinni egallaydi.

Qurilish davrida 4 mingdan ziyod ishchi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, shundan 400 nafari muhandislardir, 600 kishi maxsus texnikalardan unumli foydalanilganligi loyihani muddatidan ilgari, sifatli qilib nihoyasiga etkazishga omil bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra temir yo‘ldan foydalanish davrida 1,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

«Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘li Farg‘ona vodiysi viloyatlarini mamlakatimizning qolgan xududlari bilan bog‘lab, yurtimizda yagona milliy temir yo‘l tizimini yaratish borasidagi rejalarni to‘liq amalga oshirishga zamin yaratdi. Tahlillarga ko‘ra ushbu temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi yiliga 10 mln.tonna xalq xo‘jaligi yuklarini tashish, dastlabki yilda esa 600 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Shu bilan birga ushbu yo‘l “Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa” yangi xalqaro tranzit temir yo‘l koridorining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, mamlakatimiz iqtisodiyotini bundanda rivojlantirishga xizmat qiladi, — deyilgan xabarda.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar