Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.06.2016

Olmaotada Tesla Model S suvda suzdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 193
Olmaotada Tesla Model S suvda suzdi

Shu kunlarda Qozog‘istonda sharros yomg‘irlar quyishi natijasida ko‘plab yo‘llarni suv bosib ketdi.

YouTube portaliga joylangan videoda Tesla Model S yo‘lning suv bosgan qismidan suzib o‘tayotganligi videosini ko‘rish mumkin. Videolavha muallifi aytishicha, Olmaotadagi barcha chorrahalar suvga bo‘kkan.

Ichki yonuv dvigatelli avtomobillar suvdan suzib o‘tolmadi. Mashina havotortariga (vozduxozabornik) va porshen tizimiga suv kirishi bilan motor ishlamay qoldi. Ammo Tesla Model S bunday muammoga uchragani yo‘q.

Elektromobilga qarshi kishilarning “Tesla” suvga tusholmasligi haqida fikrlari uchrab turadi. Aslida esa “Tesla” rusumlarining suvga sezgir elementlari puxta germetiklashtirilgan bo‘ladi. Biror-bir tizimining ichiga suv kirishi ehtimoli juda kam. Tesla Model S suvga tushganda qalqib suza boshlaydi. Albatta, bundan “Tesla”da suvga tushib suzsa bo‘ladi, degan fikr kelib chiqmasligi kerak, chunki qismlari zanglamasligiga kafolat yo‘q. Ammo yuqoridagidek vaziyatda “Tesla” boshqalardan ustunroqdir.

Elektromobil-amfibiya to‘g‘risidagi xabar kompaniya etakchisi Elon Mask qulog‘igacha etib bordi. U hodisani sharhlar ekan, mashinani suvga tushirmaslikni tavsiya qildi, biroq qisqa muddat suvda qolganda yaxshigina suzishini aytdi. Elektromobil g‘ildiraklari yordamida suzadi.

Hodisaga aloqador bir qiziqarli faktni eslab o‘tish joiz. O‘tgan yili Tesla Model Sning v5.9 mikrodasturida (proshivka) submarin rejimi o‘rnatilganligi aniqlandi. Bu rejimda bort kompyuteri belgilangan darajada chuqurlikka sho‘ng‘ishni ko‘zda tutadi. Model Sni suv ostida suzishga tayyorlash uchun yo‘l-yo‘riqlar quyidagi videoda ko‘rsatilgan.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Tesla

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar