Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.06.2016

Andijonkabel Fiat uchun avtomobil simlari etkizib beradi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 211
Andijonkabel Fiat uchun avtomobil simlari etkizib beradi

“Andijonkabel” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi 2017 yilda, o‘z ishlab chiqarish quvvatini yangilaganidan keyin, Italiyaning Fiat avtomobil kontserniga o‘z mahsulotini eksport qilishni boshlaydi, bu haqda korxona vakili xabariga asosan, Sputniknews-uz.com yozmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 6 mln dollardan ortiq va ushbu mablag‘ning katta qismi korxonaning o‘z mablag‘i hisobidan sarmoya qilinadi va bir qismi rossiyalik hamkor — “Samara kabel zavodi” tomonidan.

“Andijonkabel” bir necha yil davomida, Italiyaning Fiat kontserni uchun avtomobil simlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanib kelmoqda. 2017 yilda ushbu loyha vanihoyat ishga tushishi kerak. Evropa standartlariga javob beradigan simlar ishlab chiqarish uchun korxona Evropada etakchi korxonalaridan kerakli uskunalar sotib oldi va o‘z mahsuloti sifatini oshirdi hamda kerakli sertifikatlarni ham oldi”,- dedi korxona vakili.

Korxona ishga tushirilganidan keyin, u erda har yili 60 ming km maxsus simlar ishlab chiqarila boshlaydi. Dastlabki bosqichda ushbu mahsulot Fiat kontsernining Italiyadagi zavodiga etkizib beriladi, keyinchalik kontsernning boshqa mamlakatlardagi zavodlariga eksport  qilinadi.

Korxona uskunalari etakchi Evropa ishlab chiqaruvchilari tomonidan yasalgan. Ular orasida Finlyandiyaning Nokia, Maillefer SA, Nextrom, Germaniyaning Sket, Udaw i Wiedenbach Apparatebau GmbH korxonalari bor.

Ishlab chiqarishda Olmaliq tog‘-kon kombinatida ishlab chiqarilgan mis ishlatiladi. O‘z sifati bo‘yicha u dunyodagi eng yaxshi besh mahsulotga kiradi. Plastik, polietilen, bo‘yoq va boshqa mahsulotlar Finlyandiya, Ispaniya va Germaniyadan olib kelinadi.

“Andijonkabel” korxonasi mutaxassislari Rossiyaning kabel zavodlarida tajriba orttirishgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar