Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.06.2016

Mast haydovchilarni turli davlatlarda qanday jazolashadi?

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 227
Mast haydovchilarni turli davlatlarda qanday jazolashadi?

Spirtli ichimlik iste’mol qilib mashina boshqargan haydovchilarga jahonning barcha mamlakatlarida eng keskin choralarni qo‘llashadi.

Evropada mast haydovchilarga shafqat nimaligini bilmaydigan davlat bu Italiyadir. Sarxush haydovchi qonida 1,5 promille alkogol topilsa ham olti ming evro jarima solinadi va haydovchilik guvohnomasi ikki yilga olib qo‘yiladi.

Irlandiyada ham ichkilikboz shofyorlarga kun yo‘q. Qon tarkibida 0,5 promille alkogol ko‘rsatishi besh ming evro jarima va haydovchilik guvohnomasidan uch yil muddatgacha ajralish uchun kifoya qiladi.

AQShda ham ichib mashina boshqarishni maslahat bermaymiz. Qoidabuzarlar “Bugun men hushyor va tozaman” degan yozuvi bor futbolka kiyib ko‘cha supurishiga to‘g‘ri keladi. Og‘irroq holatlarda yarim yilgacha panjara ortiga jo‘natilishi mumkin.

Evropadagi jarimalar oldida Xitoy jarimalari arzimasdek tuyuladi. Qon tarkibidagi yarim promille alkogol uchun xitoyliklar atigi 30 dollar undiradi, yarim oy panjara ortiga tashlashi yoki yarim yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishi mumkin. Biroq ichgan haydovchi odam urib o‘ldirishi o‘zining ham hayotiga nuqta qo‘yilishi bilan tugaydi. Unga oliy jazo tayinlanadi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar