Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.06.2016

Rolls-Royce g‘ildirak arkasi to‘rtburchak bo‘lgan nishona nusxani ko‘rsatdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 240
Rolls-Royce g‘ildirak arkasi to‘rtburchak bo‘lgan nishona nusxani ko‘rsatdi

Londondagi Roundhouse majmuasida Vision Next 100 avtomobili nishona nusxasining taqdimoti o‘tkazildi. Yangi prototip 2040 yilda paydo bo‘ladigan hashamatli haydovchisiz avtomobilni gavdalantiradi.

Yangi avtomobil mutanosibligi (proportsiya) bo‘yicha Phantom Extended Wheelbase rusumiga mos keladi. Uzunligi 5,9 m, kengligi esa 1,6 m. “Rolls-Roys”ning boshqa avtomobillari singari kapotida “Ekstaz kayfiyati” shakli joylashtirilgan. Avtomobilning mutlaqo o‘ziga xos jihati to‘rtburchakli g‘ildirak arkalaridir. Arka ichkarisida 28 dyuymli g‘ildiraklar bor.

Rolls-Royce g‘ildirak arkasi to‘rtburchak bo‘lgan nishona nusxani ko‘rsatdi

Avtomobil mualliflari uning qiyofasini “qoyilmaqom” deb ifodalamoqda, mashina sohibiga “mislsiz qulaylik” yaratib, individual mavqe bag‘ishlaydi.

“Biz Rolls-Royce Vision Next 100ni yaratishda atayin moziyga qaytib ish ko‘rmadik. Biz maksimal innovatsion narsa yaratish bilan birga afsonaviy markaning an’anaviy qiyofasini avaylab saqlab qolishini istadik”, deydi Rolls-Royce Motor Cars dizayn bo‘yicha direktori.

Rolls-Royce g‘ildirak arkasi to‘rtburchak bo‘lgan nishona nusxani ko‘rsatdi

“Ultralyuks” sinfiga mansub avtomobillar (shu jumladan, Rolls-Royce Vision Next 100) alohida yondashuv (Personal Vision) asosida yaratiladi, haydash qulay (The Effortless Journey), muhtasham qasr (Grand Sanctuary) va tantanali tashrif (Grand Arrival) tamoyillari asosida yasaladi. Masalan, mashinaning bo‘lg‘usi egalari o‘ziga tegishli rusumni loyihalash jarayonida ishtirok etishi mumkin.

Rolls-Royce g‘ildirak arkasi to‘rtburchak bo‘lgan nishona nusxani ko‘rsatdi

Biroq Rolls-Royce Vision Next 100ning texnik ko‘rsatkichlari oshkor etilmadi. Kompaniya vakillari 12 tsilindrli ichki yonuv dvigatelining kelajagi yo‘qligini ta’kidlamoqda, loyiha mualliflari esa avtomobilni “kelajakning kuchli ekologik dvigateli” harakatga keltirishini aytmoqda. U mashinaning g‘ildiragi gupchagiga o‘rnatiladi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Rolls Royce

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar