Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.06.2016

“AvtoVAZ” o‘ng rulli avtomobil bilan Evropa bozoriga chiqmoqchi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 148
“AvtoVAZ” o‘ng rulli avtomobil bilan Evropa bozoriga chiqmoqchi

“AvtoVAZ” rahbari Nikolya Mor OAV bilan suhbatda ruli o‘ng tomonda joylashgan avtomobil ishlab chiqarilishi ehtimolidan so‘z ochdi.

Rus avtokompaniyasi o‘z mahsulotlarini Evropa bo‘ylab yanada kengroq yoyish maqsadida mazkur qarorga keldi. «AvtoVAZ» mutaxassislarining xomaki hisob-kitobiga ko‘ra bu tadbir Lada savdosini ikki barobarga oshirishi mumkin.

Rus kompaniyasi hozirgi vaqtda Evropaning etti davlatiga mashina eksport qilayotganini Mor aytib o‘tdi. Germaniya va Vengriyada “Lada” savdosi yaxshi ketyapti. Shuningdek, Slovakiya, Serbiya va Boltiqbo‘yi davlatlari rus avtomobillariga qiziqish bildirmoqda.

So‘nggi vaqtda g‘arb davlatlarida o‘rnatilgan qat’iy xavfsizlik va ekologik talablar rus avtomobillarining Evropa bozoriga yanada ko‘proq kirishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Evropa mamlakatlari avtomobilsozlardan to‘qnashuvning oldini oluvchi, haydovchi va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlovchi zamonaviy tizimlar o‘rnatishni talab qilmoqda, bular esa avtozavodlarga qimmatga tushmoqda. Yangicha tizimlar “Lada”ga o‘rnatilishi mashina narxini ancha-muncha oshiradi va evropalik avtomobilsozlar bilan raqobatga dosh berolmay qoladi.

Kompaniya menejerlari ishlab chiqarish xarajatini kamaytirish va mashina tannarxini tushirish bilan shug‘ullana boshladi. «AvtoVAZ» esa bir necha davlatlarning bozoriga ko‘zini tikkani va ko‘p turdagi avtorusum ishlab chiqarish rejasini e’lon qildi.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Lada

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar