Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.06.2016

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 337
Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

O‘tmishi buyuk, buguni inqirozli, zamonaviy texnologiyalar haqida gap ketganda nomi deyarli eslanmaydigan Yunonistonning ham o‘ziga xos avtosanoati, yarim asrdan beri mavjud brendlari bor.

Yunon avtomobilsozligi 1960-70 yillarda gullab-yashnagan. Gullab-yashnagan desak to‘la ifodalay olmaymiz, qisqa muddatda 30 zavod tashkil etilganini mashinasozlikda sakrash deyish mumkin. Hozirda ushbu zavodlar bo‘shab qolgan, ayrimlari yopilgan. Bu hodisa qishloq xo‘jaligida foydalanish mumkin bo‘lgan har qanday avtomobilni qishloq xo‘jalik texnikasi sifatida tasniflash mumkinligi to‘g‘risida davlatning chiqargan qonuni bilan izohlanadi. Qonun joriy etilgach, soliq tizimi o‘zgardi va “qishloq xo‘jaligi maqsadida” ishlab chiqarilgan yo‘ltanlamas va yuk mashinalarini tayyorlash keskin ortdi.

1980 yilda qonun qayta ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng yunon avtosanoati ikki oy ichida keskin qisqarib ketdi.

Yunon avtomobillari orasidan superkarlarni qidirmang. Quyida taqdim etadigan suratlarimizda oddiy rusumlar bo‘lib, fermerlarga mos pikaplar, yuk mashinasi va avtobuslardan iboratdir.

Tritsikl-pikap yunonlarning eng mashhur transport vositalaridan biri. Afinadagi Ros (ΡΩΣ) firmasi 1966-1976 yillar mobaynida ishlab chiqargan tritsikllardan aholi haligacha foydalanmoqda.

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

Tritsikl-pikap

Saracakis kompaniyasi avtobus ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘p yillar Biamaxning raqobatchisi bo‘lgan. Kompaniyaga 1922 yilda asos solingan bo‘lib, 1954 yildan beri avtobus ishlab chiqarib kelmoqda (to‘g‘rirog‘i, hozirgi kunda boshqa shassiga kuzov o‘rnatmoqda). Rasmdagi 1966 yilda ishlab chiqarilgan shaharlararo qatnovchi Saracakis SB85 avtobusi.

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

Saracakis SB85

Yunonistonning ikkinchi katta shahri Salonikidagi Motoemil kompaniyasi 1970 yildan 1985 yilgacha tritsikl va engil yo‘ltanlamaslar ishlab chiqargan. Rasmdagi 1977 yilda ishlab chiqarilgan Motoemil Autofarma avtomobilidir.

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

Motoemil Autofarma

1960-yillardagi tritsikllarning muvaffaqiyatidan ruhlangan bir guruh tijoratchi Sunnyclist brendiga asos soldi va mazkur transport vositasining ikkinchi umrini boshlashga urindi. Rasmda 2015 yilga mansub ikkinchi avlod Sunnyclist tritsikli aks etgan.

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

Sunnyclist

Qishloq xo‘jaligi tranporti ishlab chiqaruvchi Namco 70-yillardagi kompaniyalarning biri. Inqirozni boshdan kechirgan, 2003 yildan buyon mashina ishlab chiqarmasdan import bilan shug‘ullanadi. Rasmda 1986 yilda ishlab chiqarilgan Namco Pony Super “qishloqcha Jip”i aks etgan.

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

Namco Pony Super

Bu rasmdagi Neorion Chicago 4×4 rusumi 1974 yilda ishlab chiqarilgan. Neorion yunonlarning eng yoshi ulug‘ firmalaridan bo‘lib, 1861 yilda tashkil topgan. 1972 yildan 1976 yilgacha qisqa muddat davomida engil elektromobillar ham ishlab chiqargan. Suratdagi esa benzinli “lyuks” rusumidir.

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

Neorion Chicago 4×4

1979 yilda ishlab chiqarilgan EBIAM 4×4 qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yo‘ltanlamaslarning biridir. EBIAM bu rusumni 1979 yildan 1984 yilgacha ishlab chiqardi.

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

EBIAM 4×4

Salonikida 1975-1984 yillarda faoliyat yuritgan AutoDiana kompaniyasiga tegishli AutoDiana Unicar yuk mashinasini suratda ko‘rib turibsiz. Mashina dizayni juda sodda.

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

AutoDiana Unicar

Rasmdagi DIM 652 avtomobili DIM kompaniyasiga tegishli, ammo yalpi ishlab chiqarilguncha bormay moliyaviy muammolar sabab ish to‘xtagan. 1982 yilda esa kompaniya butunlay tugatildi.

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

DIM 652

Biamax uzoq yillar davomida avtobus ishlab chiqarishda etakchi kompaniya bo‘lgan. Bu nomdagi avtobuslar 1956 yildan 1986 yilgacha ishlab chiqarilgan. Rasmda 1966 yilda chiqarilgan Biamax F580 rusumidir.

Yunoniston avtomobillari bilan tanishing

Biamax F580

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar