Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.11.2016

Etti davlat rahbarining shohona avtomobili

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 74
Etti davlat rahbarining shohona avtomobili

Donald Trampning avtomobillariga hammaning havasi keladi. Trampning o‘zi “Kadillak”ni yoqtiradi. Unga atab 8 tonnali maxsus “Zver” (The Beast) avtomobili yasalayotgani haqida carzone.uz xabar berdi.

Xo‘sh, boshqa mamlakat rahbarlari qanday mashinada yuradi? Biz bugungi maqolamizda prezident va monarxlarning “arava”siga to‘xtalamiz.

AQShda prezident mashinasi otib tashlanadi

15 yildirki AQSh prezidentlarini General Motorsning “Yirtqich” (The Beast) nomli limuzini olib yuradi. Bu bitta mashina emas, butun boshli avtomobillar oilasi bo‘lib, har yili takomillashtirib turiladi. Prezidentning har bir muddatida avtomobil ham yangilanadi, ammo kontseptsiyasi o‘zgarmay qoladi.

Etti davlat rahbarining shohona avtomobili

AQSh prezidentining “Yirtqich” (The Beast) nomli avtomobili

Bush davridan beri bu engil limuzin emas, shassisi pishiq zirhli kapsulali uzun yo‘ltanlamasga aylangan. Tuzilishiga ko‘ra u General Motors fuqaro avtomobillaridan farqlanuvchi mustaqil avtomobil. Faqat Cadillac uslubida bejalgan hamda kattakon Escalade yo‘ltanlamasi bilan o‘xshashligi bor.

Shassi konstruktsiyasida GMC Kodiak C4500ning ayrim uzellari ishlatilgan, biroq ko‘pchilik uzel va agregatlari o‘zinikidir. Masalan, “Yirtqich”da 6,5 litrli 8 tsilindrli dizel motor bor. U 400dan ortiq ot kuchiga ega.

O‘rnatilgan noyob dizel motor hamaxo‘r hayvon kabidir – unga sifatsiz yonilg‘i quyilsa ham tortaveradi. Yonilg‘i sarfi borasida esa tankni yo‘lda qoldiradi: 100 kmga 30 litr. 100 km/soat tezlikka erishishi uchun 15 soniya sarflaydi.

Zirhli kapsula tashqi dunyodan ihotalangan. Ichkarida kislorod ballonlari hamda kimyoviy hujumdan mudofaa tizimi bor. Mashina granatomyot zarbasiga dosh beradi, zirhining qalinligi 18 smgacha boradi. Eshiklari bank seyfining tavaqasi kabi ishlangan. Prezident tushadigan eshikni ochish uchun soqchi tashqaridan ikkala qo‘li bilan tortadi.

Cadillac One transport tashuvchi S-17 Globemaster samolyotida olib yuriladi.

O‘tgan yildan prezident avtomobilini takomillashtirish ishlari boshlandi. Yangi nusxa chaqqon fotomuxbirlarning nishoni bo‘lishga ham ulgurdi. Shunday qilib Donald Tramp eng zo‘r “Kadillak”ka o‘tirish arafasida turibdi.

Yaqinda Obamaning garajidagi avtomobillarni pulemyot, granatomyot va zambaraklardan otish boshlanadi. Ajablanmang. Shu yo‘l bilan mashinaning nozik joylari aniqlanadi va yanada pishiq qilib ishlanadi.

Rossiya prezidenti hozircha nemis avtomobilida

Rossiya prezidentining avtomobili okean ortidagi “hamkasb”idan kamtarroq. Bir zamonlar ZIL zavodida birinchi kotib uchun maxsus zirhli kapsulali avtomobillar ishlanar edi, ammo hozir u suvlar oqib ketdi. Tsex o‘rnida hozir idora qurilmoqda.

Rossiya prezidenti hozir seriyali Mercedes-Benz S600 Pullman Guard rusumida yuradi. Cho‘ntagi baquvvat istalgan fuqaro bunaqa avtomobilni sotib olishi mumkin. To‘g‘ri, prezident mashinasi maxsus aloqa vositalari va xavfsizlik ta’minoti bilan ajralib turadi.

Etti davlat rahbarining shohona avtomobili

Putinning xizmat avtomobili Mercedes-Benz S600 Pullman Guard

G‘ildiraklar bazasi 4,31 metr, uzunligi esa 6,35 metrga etadi. 12 tsilindrli 5,5 litrli motorining quvvati 517 ot kuchiga teng.

To‘g‘ri, hozir prezident uchun maxsus avtomobil tayyorlash ishlari ketmoqda. “Kortej” loyihasi xususida carzone.uz xabar bergan. Loyihada birato‘la bir necha rusum hamda kuzatib boruvchi yo‘ltanlamaslar yasash rejalashtirilgan. Ammo loyiha sur’ati to‘g‘risida batafsil yangilik hali oshkor etilmadi.

Germaniya etakchisi “Mersedes”ni ma’qul ko‘radi

Avtomobilsozlikning yirik markazlaridan bo‘lmish Germaniyada davlatning asosiy rahbari kim ekanligi bahsli. Kantslermi yo mamlakatning federal prezidentimi?

Etti davlat rahbarining shohona avtomobili

AUDI A-8 D3 4E Security

Angela Merkel 500 ot kuchiga ega Audi A-8 D¾E Security avtomobilida yuradi, Yoaxim Gauk esa Putin kabi Mercedes-Benz S600 Pullman Guard avtomobilini afzal ko‘radi. Bu avtomobillar granata va o‘qdan himoyalangan, ammo oddiy avtomobillarning uzaytirilgan varianti bo‘lib kuchli o‘t ochishga dosh berolmaydi.

Frantsiya prezidenti tomi teshik avtomobilda yuradi

Eng g‘alati avtomobillar Frantsiya prezidentlarida uchraydi.

Etti davlat rahbarining shohona avtomobili

Citroen DS5

Sharl de Goll davridan beri frantsuz prezidentlari Citroen DS avtomobilida yuradi. Bugungi Citroen DS gibrid motorli, uzaytirilgan xetchbekdir. Osmasi pnevmatik, zirhi faqat o‘qni qaytara oladi. Qolaversa, Fransua Olland avtomobilning topqopqog‘idan ko‘rinib, xaloyiqqa peshvoz chiqishni yaxshi ko‘radi. Gibrid motorining quvvati 300 ot kuchidan ortmaydi.

Buyuk Britaniya: Rolls-Royce, Bentley yoki Range Rover

Etti davlat rahbarining shohona avtomobili

Rolls-Royce Phantom VI

Qirolicha Elizaveta II Rolls-Royce Phantom VI yoki Bentley Arnage Red Label avtomobilida yuradi. Malika “izvosh”larining, hatto oynasiga ham o‘q o‘tmaydi. Ammo qirolicha oilasining ta’biga anchadan beri Range Rover rusumlari o‘tirib qolgan. Avtomobillar tuzilishiga ko‘ra seriyali versiyasidan katta farq qilmaydi, faqat shohona jihozlangan. Ular shu yilning iyulida Elizaveta Iining 90 yillik to‘yida ishtirok etdi.

Biroq mamlakat bosh vaziri zirhlangan Jaguar Super XJ V8 limuzinida yuradi. Bu avtomobil maxsus buyurtma asosida yasalgan bo‘lib, ko‘pqavatli himoya tizimiga ega. Kimyoviy hujum va katta kalibrli quroldan o‘t ochish unga ta’sir qilmaydi, ammo tankka qarshi granatomyot oldida ojiz.

Yaponiya imperatorining avtomobili kam

Yaponiyada ham Britaniyadagiga o‘xshash an’ana shakllangan. Imperator Akixito va uning rafiqasi Mitiko uchun Toyota Century Royal limuzini maxsus ishlangan. Limuzinning 12 tsilindrli 5 litrli motori 400 ot kuchiga ega.

Etti davlat rahbarining shohona avtomobili

Toyota Century Royal kunchiqar yurt imperatori xizmatida

Yapon imperatorining avtoparkida o‘n yillardan beri to‘rt avtomobil saqlanadi. Imperator mashinasini tez-tez yangilaydiganlardan emas. Uning otasi Nissan Prince Royal limuzinida yurgan. Zirhlangan avtomobil o‘q o‘tkazmaydi. Davlat raqami o‘rnida imperator muhri tasviri bor. Orqa eshiklariga toj-taxt ramzi bo‘lmish xrizantemaning 16 gulbargi rasmi tushirilgan.

Darvoqe, Yaponiya bosh vazirini gibrid motorli, zirhlangan Lexus LS600hL mashinasi olib yuradi.

Xitoy rahbari avtomobilining texnologiyasi sir saqlanadi

Xitoy hukumati avtomobiliga katta ahamiyat beriladi. Davlat rahbarining FAW HongQi HQE limuzini Xitoy Xalq Respublikasining 60 yilligiga atab tayyorlangan.

Etti davlat rahbarining shohona avtomobili

FAW Hong Qi HQE

Mashina uzunligi 6,4 m, kengligi 2,05 m, bo‘yi 1,72 m. Zirhli panellari bilan qo‘shganda vazni 4,5 tonnaga etadi. 12 tsilindrli motorida 400 ot kuchi bor.

Avtomobilning zirhlanganlik tizimi va xarakteristikasi sir saqlanadi. Shassisi Toyota Land Cruiserniki ekanligi ma’lum. Limuzin Chanchundagi FAW zavodidi yasalgan.

news.mail.ru sayti asosida tayyorlandi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar