Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.11.2016

Avtobus yo‘lovchisi mast haydovchining o‘rnini egalladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 22
Avtobus yo‘lovchisi mast haydovchining o‘rnini egalladi

Tallin – Riga yo‘nalishida qatnovchi avtobusdagi ayol yo‘lovchilardan biri mast holatda transport vositasini haydayotgani uchun hibsga olingan haydovchining o‘rnini egallashiga to‘g‘ri keldi, deb yozadi Kun nashri.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 26 noyabrda Tartu – Pyarnu – Ikla trassasida yuz bergan. Politsiyada Latviya chegarasi tomon kelayotgan va keskin tormozlanib, avariyaviy holatlar vujudga keltirayotgan avtobus shubha uyg‘otgan.

Politsiyachilar avtobusni to‘xtatganlarida uning haydovchisi mast ekanini aniqlashgan va uni mashinani haydashdan chetlatishgan. Shunda yo‘lovchilardan biri, Triyn Kibur ismli ayol avtobusni haydashda yordam berishi mumkinligini aytgan. Ayolda avtobusni haydashga ruxsat beruvchi D toifadagi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan.

Politsiyachilar bunga qarshilik qilishmagan va ayol yo‘lovchilarni Latviya chegarasigacha eson-omon etkazib qo‘ygan. Biroq chegarada yo‘lovchilar baribir boshqa avtobusni bir necha soat kutishlariga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda avtobusga egalik qiluvchi kompaniya norozi yo‘lovchilardan ko‘plab tanbeh eshitgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar