Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.11.2016

Rustam Azimov: O‘zbekiston yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishda davom etadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 17
Rustam Azimov: O‘zbekiston yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishda davom etadi

O‘zbekiston xalqaro kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiyalangan zamonaviy yo‘l-transport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha strategiyani amalga oshirishda davom etadi. Bu haqda 26 noyabr, shanba kuni O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari va Moliya vaziri Rustam Azimov Ashxobodda bo‘lib o‘tgan BMTning barqaror transport bo‘yicha Birinchi Global anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi Daryo nashri.

O‘zbekistonning transport kommunikatsiyalari va ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning asosiy istiqbollari haqidagi tushunchalari borasida gapirar ekan, Azimov transport tarmoqlari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chuqur o‘ylangan uzoq muddatli milliy dasturlarni amalga oshirish kerakligini ta’kidladi.

«Uzoq muddatli istiqbolda transport kommunikatsiyalari va tranzit quvvatlarini rivojlantirish O‘zbekiston barqaror iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri bo‘lib qolishini juda yaxshi tushunamiz», — deya qayd etdi Azimov.

«Shu tufayli O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev mamlakatda olib boriladigan tuzilmaviy islohotlarning birlamchilaridan biri sifatida xalqaro kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiyalangan zamonaviy yo‘l-transport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha strategiyani amalga oshirishni davom ettirishni belgiladi», — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar