Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.11.2016

Ryanair kompaniyasi: O‘n yildan so‘ng aviachiptalar bepul bo‘ladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 28
Ryanair kompaniyasi: O‘n yildan so‘ng aviachiptalar bepul bo‘ladi

Evropaning Ryanair aviakompaniyasi o‘z reyslari chiptasini tekin qilishi mumkinligini bildirdi, deb yozmoqda The Guardian. Ryanair byudjet kompaniya (loukoster yoki diskaunter) sanaladi, unda chipta narxi juda past, xizmat ko‘rsatish ham kamtarona tarzda bo‘ladi.

Chipta tekin bo‘lishi to‘g‘risida aviakompaniyaning bosh direktori Maykl O’Liri (Michael O’Leary) bildirdi. Bunga erishish uchun hozir aviakompaniya aeroportga to‘layotgan turli yig‘imlar bekor qilinadi. Chipta bepul bo‘lgach, barcha reyslar yo‘lovchiga to‘lib uchadi, aeroport esa o‘z hududidagi magazinlarda savdo hajmi oshishidan yanada ko‘proq pul ishlaydi.

Ammo Maykl O’Liri nol tarifi yirik aeroportlarda, masalan, Londonning “Xitrou” aeroportida joriy etilishi ehtimolini soqit qiladi. Uning so‘zlariga qaraganda, trafik orttirishdan manfaatdor aeroportlar bu tajribaga qiziqishi mumkin.

2015 yilda Ryanair kompaniyasi aviachiptasining bahosi o‘rtacha 46 dollarni tashkil etgan. Kompaniya bu yili tariflarni 10-15 foizga yana pasaytirmoqchi. 2016 yilda loukoster 119 mln yo‘lovchini tashidi.

Ryanair Evropaning byudjet aviakompaniyalaridan biridir. O‘tgan yili kompaniya 106 mln yo‘lovchi tashidi. Kompaniya daromadining chorak qismi qo‘shimcha xizmatlardan, xususan, avtomobil ijarasi, turarjoy va mehmonxonalar ijarasi va parvoz vaqtida bortda savdo qilishdan keladi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar