Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.11.2016

Daihatsu Trek – uyquchilar uchun bop avtomobil

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 25
Daihatsu Trek – uyquchilar uchun bop avtomobil

Daihatsu g‘aroyib kontseptlari bilan tez-tez hayratlantirib turadi. Ammo 1985 yilda Tokio avtosalonida ko‘rsatilgan Trek nishona nusxasi ko‘plab muhokamalarga mavzu bo‘lgan. Eng avvalo “bunaqa dizayn kimga kerak?” degan savol tug‘iladi.

Tokio-1985 avtosalonida “Yuksak orzu uchun kichik avtomobil” nomli dastur bor edi. Uning doirasida turli kompaniyalar kelajak mikrokarining 32 kontseptini ko‘rsatishdi. Ular orasida Daihatsu Trek ajralib turardi. Bittagina o‘rindig‘i bor, uyam teparoqda, qisqasi kvadrotsiklga o‘xshaydi.

Daihatsu Trek – uyquchilar uchun bop avtomobil

Ammo “trek”ning rul chambaragi, o‘rindig‘i hamda xavfsizlik do‘g‘asi bilan birga pastga taxlab qo‘yish mumkin. Shunda avtomobil bir o‘rinli karavotga aylanadi. Ustiga chivindan saqlovchi to‘r tutish mumkinligini aytmaysizmi? Tabiat qo‘ynida ishlaydigan kishilar uchun mos avtomobil, o‘nqir-cho‘nqirlarni bosib o‘tib, charchaganda bemalol yotib uxlash mumkin.

Daihatsu Trek – uyquchilar uchun bop avtomobil

Darhaqiqat xunuk, tobutga o‘xshash

Ammo usti tekislanuvchi bu avtomobilcha salon ishtirokchilariga ma’qul kelmadi. Ular bir ovozdan xunuk va befoyda, degan qarorga kelishdi. Ammo uning nomiga oid ajoyib so‘z o‘yini yuzaga keldi. Dastur nomi Small vehicles whith a big dream bo‘lib, dream so‘zi ingliz tilidan “orzu” va “uyqu” deb tarjima qilinadi. Shunday qilib Daihatsu injenerlari “Yuksak uyqu uchun kichik avtomobil” yasagan bo‘lib chiqadi

Daihatsu Trek – uyquchilar uchun bop avtomobil

Daihatsu Trek – uyquchilar uchun bop avtomobil

Shifoxonada kasallarni tashishda zambil sifatida foydalansa bo‘ladi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar