Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.11.2016

Avtomobil egasini tanib eshik ochadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 33
Avtomobil egasini tanib eshik ochadi

Britaniyalik avtomobilsozlar yuzni tanish texnologiyasini patentladi. Endi Jaguar va Land Rover markalarida bu imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin.

Mercedes-Benz avtomobilni kalitsiz ochish texnologiyasini tatbiq etgani kabi inglizlarning yuzni tanish texnologiyasi katta yangilikka sabab bo‘lish arafasida.

Patentda yozilishicha, haydovchi eshigining pastrog‘ida ikki kamera joylashtiriladi. Egasi mashinaga yaqinlashishi bilanoq kameralar uni tasvirga oladi va tizim bazasidagi rasmlarga solishtirib ko‘radi. To‘g‘ri kelishi bilanoq bort kompyuteri mashina eshigini ochadi. Qiziq-a?

Avtomobil egasini tanib eshik ochadi

“Sim-sim eshigingni och”

Mashina egasining rasmini ko‘rsatib ochishga urinishdan himoyalangan. Aynan shuning uchun dinamik va statik tasvir talab qilinadi. Keng burchakli kamera eshik atrofini diqqat bilan kuzatib, egasi kelayotganini qadam tashlashidan sezadi. Ikkinchi kamera esa uning yuzini taniydi. Ikkala kamera tekshiruvidan o‘tishi bilan avtombil eshigi ochiladi.

Tizimni ishga tushirish uchun avtomobil egasi qayd jarayonidan o‘tadi. U avtomobil yoniga yaqinlashishini kameralar yozib oladi,tahlil qiladi va saqlaydi.

JLR injenerlari yuzni tanish texnologiyasi joriy etilishi kalit olib yurishdangina xalos etib qolmasdan, avtomobilni olib qochish holatlarini kamaytirishiga ishonadi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar