Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.11.2016

Kawasaki mototsikllari sun’iy idrokli bo‘ladi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 27
Kawasaki mototsikllari sun’iy idrokli bo‘ladi

Yaqin yillar ichida ovoz yordamida boshqariladigan assitent nafaqat qimmatbaho avtomobillarga, balki mototsikllarga ham o‘rnatilishi mumkin. Yaponiyaning dong‘i ketgan Kawasaki Heavy Industries kompaniyasi shu rejani amalga oshirish sa’y-harakatidadir. Hozir “Kavasaki” sanoat robotlari, gidrotsikllar, traktorlar, poezdlar va hatto samolyotlar ustida ishlaydi, ammo mahsulotlari qatorida mototsikllarning alohida o‘rni bor. Mototexnikaning kelasi avlodi “Temir odam” filmidagi JARVIS kabi sun’iy idrokka ega bo‘lishi mumkin.

Xo‘sh, mototsiklga sun’iy idrokning nima keragi bor? Albatta, ishlab chiqaruvchi birinchi galda mototsiklchining xavfsizligi g‘amini eydi. Mototsiklchilarning ko‘pi oddiy xavfsizlik qoidalarini pisand qilmasligini yaxshi bilasiz, tezlik rejimiga esa umuman rioya etishmaydi. Aynan shu holatda sun’iy idrok yordamga keladi va o‘ylamay-netmay tez haydashning xavfidan odam ovozida ogohlantiradi. Bordiyu, mototsiklchi maslahatni qulog‘iga iladigan ahvolda bo‘lmasa, quvlikka o‘tadi. Yaqinda farzandining tug‘ilgan kuni ekanligi va oilasi uchun ham o‘z hayotini saqlashi lozimligini uqtiradi.

Kawasaki mototsikllari sun’iy idrokli bo‘ladi

Kawasaki injener va dasturchilari mototsikl va mototsiklchi orasidagi muloqotni imkon qadar hissiyotga boy etish ustida izlanyapti. Yangi tizimga “Emotion Generation Engine and Natural Language Dialogue” deb nom berildi. Uni tayyorlashga SoftBank guruhi tarkibiga kiruvchi Cocoro SB Corp kompaniyasi mutaxassislari qarashmoqda. Aytish kerakki, bu kompaniya mutaxassislari sun’iy idrok yaratishning piri bo‘lib ketgan.

Mototsiklchi bilan befarq ovozli robot emas, alohida virtual shaxs muloqot qiladi. Personal yordamchi qanaqa xulq-atvorli bo‘lishini, hattoki, mualliflarning o‘zi ham bilmaydi, barchasi egasiga bog‘liq. Kuchli hayajon yoki xatarli holatda sun’iy idrok mototsikl boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan hattoki, haydovchining hayotini qutqarib qolsa bo‘ladi. Inson hayoti esa hammasidan qimmatli, shunday emasmi?

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar