Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.11.2016

Badsey Bullet – uch g‘ildirakli avtomobil

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 27
Badsey Bullet – uch g‘ildirakli avtomobil

Kimdir mashina g‘ildiraklari sonini ko‘paytirishga ishqiboz bo‘lsa, boshqasi kamaytirish ishtiyoqida. Avvalgi xabarimizdagi Covini C6W superkaridan farqli Badsey Bullet avtomobilining g‘ildiraklari soni 3taga teng. Keling, yaxshisi, uni tritsikllar qatoriga qo‘shamiz.

Badsey Bullet konstruktori Jon Uilyam Bedsi sportcha avtomobillarni takomillashtirishning yo‘li engillashtirishda, deb hisoblardi. Shunday qilib 1981 yilda sportkar-tritsiklni yasadi. Ko‘rib turganingizdek, “ortiqcha” to‘rtinchi g‘ildiragi olib tashlab engillashtirilgan.

Bedsi bu vaqtda tajribali skutersoz bo‘lib etishgandi. 1200 kub smli 4 tsilindrli motor mashinaning o‘rtasiga, haydovchi bilan yo‘lovchining orasiga joylashtirgan.

Badsey Bullet – uch g‘ildirakli avtomobil

Tritsikl, haqiqatan, juda tezkor bo‘lib chiqdi. Besh soniyadayoq yuz tezlikka chiqar, maksimal tezligi soatiga 241 km edi. Keyingi versiyalariga Suzuki GS 1100 GLZ va mototsikl dvigateli o‘rnatildi. Uzatmalar qutisi alohida e’tiborga sazovor– birinchi prototipning 20ta oldinga va 5ta orqaga tezligi mavjud.

Orqadagi bittagina g‘ildirak etakchi hisoblanib, patentga ko‘ra u giroskopik effekt yordamida mashina barqarorligini saqlaydi. Buni isbotlash oson emas edi. Qolaversa, haydovchi va yo‘lovchi orasi bo‘linganligi kishini taajjublantiradi.

1982 yilda o‘sha Badsey Bullet 16500 dollarga sotildi. Tritsikl-mashina keyin ko‘p chiqarilmadi. 8 nusxa tayyorlanib AQSh va JARda sotildi. Oxirgisi 1988 yilda xaridorini topgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar