Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.11.2016

Parij politsiyachilari Porsche mashinasini portlatib yubordi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 37
Parij politsiyachilari Porsche mashinasini portlatib yubordi

Frantsiya politsiyasi xodimlari evakuatsiya qilinib, jarima maydonchasiga olib kirilgan Porsche Carrera S avtomobili minalashtirilgan deb hisoblab, sapyorlarni chaqirdi va uni portlatib yubordi. Bu haqda, Le Parisien’ga asoslanib Daryo yozmoqda.

Aytilishicha, 25 yoshli Olive ismli yigit bir hafta muqaddam mashinani ijaraga olib, 17 noyabr kechki soatlarida tungi klubga yo‘l olgan. Ammo u parkovka uchun joy topa olmay, mashinani taksiga mo‘ljallangan turargohda qoldirgan. Yigit tunni klubda o‘tkazgan, ertalab esa mast holda taksida uyiga ketgan.

18 noyabr kuni ertalabki soatlarida politsiyachilar mashinani jarima maydoniga olib ketgan. O‘sha kuni mamlakatda amal qilayotgan favqulodda holat doirasida xodimlar sapyorlarni chaqirishga qaror qilgan, negaki mashinaning egasi uni olib ketishga kelmagan. Voqea joyiga etib kelgan xavfsizlik xodimlari mashina bagajini portlatgan.

Olivening so‘zlariga qaraganda, boshida politsiyachilar mashinani ijaraga bergan kompaniya orqali u bilan bog‘langan, ammo yigit etib kelishini aytganiga qaramay, huquq-tartibot xodimlari sapyorlarni chaqirgan.

Porsche Carrera S’ning narxi 100 ming evrodan boshlanadi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar