Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.11.2016

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi xolding kompaniyaga asos solindi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 52
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi xolding kompaniyaga asos solindi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tashkil etiladi. Bu 2016 yil 17 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish, sotish va servis xizmati ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarga mexanizatsiyalashgan xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha maxsus aktsionerlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga binoan amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va muvofiqlashtirish markazi shu haqda xabar qilmoqda, deb Kun.uz yozmoqda.

Xolding tarkibiga bir nechta kompaniyalar kiradi, ularning nizom jamg‘armasidagi davlat ulushlari hisobidan xoldingning nizom jamg‘armasi tashkil etiladi.

Shuningdek, «Agrobank» ATBning nizom jamg‘armasini 2017-2019 yillarda bosqichma-bosqich 250 mlrd so‘mga ko‘paytirish belgilangan.

Bundan tashqari, yangi tashkil etiluvchi «O‘zagrotexsanoatxolding», qayta tashkil etiluvchi «O‘zagrotexmash» va «O‘zagroservis» kompaniyalari, strategik xom-ashyoni birlamchi qayta ishlovchi va ishlab chiqarish sohasidagi aktsiyadorlik kompaniyalari ro‘yxatiga kiritilishi ta’kidlangan. Shunga ko‘ra, ular ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovar va xizmatlarni arzon narxda etkazib beruvchi tabiiy monopoliyalar sifatida qayd etiladi. Shu sababli, bu kompaniyalarning nizom jamg‘armasida kamida 15 foizlik xorijiy kapital bo‘lishiga doir qonunchilik talabi joriy etilmaydi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar