Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.11.2016

Covini C6W – olti g‘ildirakli superkar

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 64
Covini C6W – olti g‘ildirakli superkar

Superkarlarning hammasi to‘rt g‘ildirakli bo‘ladi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Tashqi ko‘rinishdan bu mashina 2012 yilda ishlab chiqarilgan Porsche Boxterga o‘xshaydi.  Ammo u birinchidan Italiyaga mansub, ikkinchidan 70-yillar o‘rtalarida kontsept sifatida paydo bo‘lgan, uchinchidan esa olti g‘ildiraklidir. Italiyaliklar dizayniga ishlov berishni o‘rniga qo‘yganligi ko‘rinib turibdi.

1976 yildagi “Formula-1” musobaqasida olti g‘ildirakli Tyrrell P34 bolidi muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Italyan dizayneri Ferruchchio Kovini muvaffaqiyatdan ruhlanib, olti g‘ildirakli avtomobilni umumfoydalanish yo‘llarida yurishi uchun qayta jonlantirdi. Nega g‘ildiragi oltita? Sababi oddiy – g‘ildiraklar ko‘p bo‘lsa, yo‘lga shuncha yaxshi yopishadi.

Covini C6W – olti g‘ildirakli superkar

Oldindagi bir juft g‘ildirak ilashmay qolganda superkar og‘irligini ikkinchi o‘q ko‘taradi. Bundan tashqari tormoz mexanizmining ikkitaligi to‘xtash masofasini qisqartiradi. Boshqarish osonlashganligini-ku, aytmasa ham bo‘ladi. Xullas, turgan-bitgani qulaylikdan iborat.

Ammo olti g‘ildirakli mashina loyihasi moliviy muammolar sabab chetga surilib qoldi.  Superkarga an’anaviy shinalar mos kelmasligi muammoni yanada orttirar edi.

2003 yilda Ferruchchio Kovini loyihani davom ettirishga ahd qilib, bir yilda prototip yasadi. Covini kuzovi kelajakka xos dizaynda, ramasi quvurdan, engil elementlari uglerod tolasidan ishlangan. Undagi V motor 420 ot kuchiga ega bo‘lib, 300 km/soat tezlikda harakatlana oladi.

Superkarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi. Seriyali deb aytish ham qiyin, yiliga 6-8 dona ishlab chiqariladi. Ammo talay afzalliklari va o‘ziga xos qiyofasiga qaramasdan superkar ishqibozlari uni xushlamadi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar