Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.11.2016

EGO SE — bir vaqtda suv yuzasi va ostida suzuvchi qayiq

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 37
EGO SE — bir vaqtda suv yuzasi va ostida suzuvchi qayiq

EGO SE yarmi suv ustida va yarmi suv ostida bo‘lgan ajoyib transportdir. Uning yuqori qismida qayiq kabi suzib, dengizni tomosha qilish mumkin bo‘lsa, ostki bo‘lmasiga tushib, suvosti dunyosining ajoyibotlaridan bahra olasiz. Uni, odatda, turistik kompaniyalar ishlatadi. Kichikrog‘ini arzon narxda ijaraga olib foydalanish mumkin.

Ko‘rinishi juda sodda: usti 2-4 kishi joylashadigan baliqchilarning oddiy qayig‘i yoki katamaranning o‘zi, osti esa batiskaf kabinasi kabi yasalgan. EGO SE nomi unchalik mos emas, chunki suvosti qismiga bir emas, ikki odam sig‘adi. Boshqaruv elementlari ham suv ostidagi qismiga o‘rnatilgan.

EGO SE — bir vaqtda suv yuzasi va ostida suzuvchi qayiq

Qayiqni Janubiy Koreyaning Raonhaje kompaniyasi yasagan. Tezligi tinch suvda soatiga 9,2 km. Dengizda bo‘ron ko‘tarilganda unda sayr qilmagan ma’qul.

Boshqaruv elementlari hali me’yoriga etmadi. Faqat suv ostidagi bo‘lmadan boshqarish mumkin. Yo yuqori qismida o‘zingizni to‘lqin ixtiyoriga tashlab suzasiz, yo pastga tushib qayiqni boshqarasiz. Ammo boshqaruv pultida turib tepadagi kamera yordamida atrofni kuzatish mumkin. Xullas, yuqoridagi kemaga urilib ketmaslik, suv sathida oqayotgan narsalarni chetlab o‘tishning iloji bor. Boshqarish juda oson: rul, gaz va tormozi bor xolos.

EGO SE — bir vaqtda suv yuzasi va ostida suzuvchi qayiq

Qayiqda to‘lqin indikatori bor. Agar dengiz to‘lg‘ana boshlasa, bazaga qaytishga signal beradi. Kabina materialining qattiqligi haqida qiziqyapsizmi? Koreys kompaniyasi qalinligi 20 mmli shaffof kompozit ayrim metallardan ham mustahkamligini bildirdi. Okeanariumlardagi kattakon akvariumlar ushbu materialdan yasaladi.

EGO SE — bir vaqtda suv yuzasi va ostida suzuvchi qayiq

EGO og‘irlik markazi pastda joylashganligi hisobiga suzish barqarorligini ta’minlaydi. Qayiqda masofadan boshqari pulti ham bor, uning yordamida qayiqni bog‘lab qo‘yiladigan joyiga haydash mumkin.

Koreys kompaniyasi unga bir qator optsiyalar qo‘shmoqchi, xususan, EGO LE nomli lyuks versiyasini yasash niyatida.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar